Get Mystery Box with random crypto!

Biroz sekinlash brat Hozirgi oʻta tez ritmga ega boʻlgan hayo | Shahboz Shokirov || Blog

Biroz sekinlash brat

Hozirgi oʻta tez ritmga ega boʻlgan hayotda biz bir nimalargadir chalgʻib ketamiz. Qilayotgan ishimizga motivatsiya yoʻqotamiz, yoki oʻzimizni turli sohalarga urib koʻramiz. Bir kitobni tugatmay boshqasini boshlaymiz, narigisini paralllel oʻqimasdan tashlab ketamiz chala qoldirib. Xozir bir ish bilan band boʻlib olma yegim keldi, kesib kel dedim, keyin yoʻq xurmo opkel dedim... U esa ikkalasidan ham kesib keldi... Men esa umuman meva yegim kelmayotgini xis qildim.

Mana shu narsalar, shunday hayot tarzi, insonni bezovtalik, depressiya, fikrlar chalkashuvi va umumiy befarqlikka olib kelib qoʻyishi mumkin. Biz hamma narsaga birdan erishmoqchi boʻlamiz. Ammo buni eplay olmaymiz va oʻzimizni ayblab oʻtiramiz.

Aslida men olma yeyish uchun oʻqib oʻtirgan narsamdan bosh koʻtarishim, uni ishtaha bilan mazzasini sezib, konsentratsiyamni olmaga qaratishim kerak edi.

Umuman olganda bunday hayot tarzi inson xarakteri va prinsiplariga uzviy bogʻliq. Hayotingizni yaxshilashni bir yoʻli bor. Sekinlashish... Ha aynan sekinlashish va buning ortidan diqqatni jamlash.

Hozir nima qilayotgan boʻlsang ham sal sekinlash, nafas ritmingni, oʻylashningni sokinlat. Ovqat qilayotgan boʻlsang diqqatingni kartoshkaga ber, choyni shoshmasdan ich, oʻzingni qiziqtiradigan telegram kanallarni bir boshdan sekiiin oʻqib chiq. Yengillik his qilasan.

Albatta bu degani multfilmdagi yalqov kassir kabi sekin ishla yoki sekin oʻyla degani emas, faqat tanlov qilishda shoshma, bir ishni boshlab barcha eʼtiboringni unga ber. Bu muvaffaqiyat kalitidir. Bosovr.


Kanalga qoʻshiling @Shakhblog