Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu Alaykum! Orangizda yaqin orada ish qidirib yurganla | Shaha Dolimov

Assalomu Alaykum!

Orangizda yaqin orada ish qidirib yurganlar yoki ishga suhbatga chaqirilganlar borligi aniq. Bilaman! Hayajonlanishingiz tabiiy hol, ayniqsa o'zingiz yaxshi ko'rgan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan bo'lsangiz. Hozirgacha 30 dan ortiq suhbatlarga borgan inson sifatida sizga kichik bo'lsa ham bundan keyin suhbatda bo'ladigan jarayonlar bo'yicha maslahatlarimni ulashib bormoqchiman.

Bugungi blog postimda "O'zingni 5 yildan keyin qayerda ko'rasan?" degan savolga qanday javob berish mumkinligi haqida aytib beraman.

Juda ham ko'pchilik, "5 yildan keyin o'zimni menejer lavozimida ko'raman", "5 yildan keyin o'zimni sizni o'rningizda ko'raman" kabi javoblar berishadi. Bu javoblar yomon emas lekin javob berayotgan so'zlarni to'g'ri tanlash juda muhim. Ohirgi suhbatimda menga shu savolni kompaniyaning katta menejeri berishganda men: "5 yildan keyin sizga qanday vazifalar berilayotgan bo'lsa menga ham shunday vazifalar berilishini xohlayman" deganman. Bu javobimni eshitib menejer menga "hozirgacha juda ko'p javoblar eshitganman lekin orasida eng zo'ri shu bo'ldi" degan.

Umid qilaman blog postim sizga kichik bo'lsada foyda berdi. Agar yaqinlaringiz shu yaqin kunlarda suhbatga ketayotgan bo'lsa, ular bilan ulashib qo'ying balkim foydasi tegib qolar.

Yana qanday savollarga javob bilishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Kuningiz yaxshi o'tsin!

Hurmat ila,

Shaha Dolimov