Get Mystery Box with random crypto!

​​Biror bir sohani pul uchun boshlash yoki uni sevganidan bosh | Shaha Dolimov

​​Biror bir sohani pul uchun boshlash yoki uni sevganidan boshlashni men huddi bir tog'ga chiqishdek tushunaman!

Keling shu tog'ga chiqish jarayonini 3 ga bo'lib olsak! Birinchi qismni ko'proq adirlar va ariqlar tashkil qiladi va bu qismni bosib o'tish har qanday insonga ancha oson. Ikkinchi qismni endi har xil toshlar va adirlarni tugashi tashkil qiladi. Bu qismni bosib o'tish uchun insondan ozgina ter to'kish talab qilinadi. Uchinchi qismi esa eng qiyini chunki u qismdan to cho'qqigacha, toshlar, havo yetishmasligi, faqatgina oyoq emas balkim endi qo'llarni ham ishlatishga to'g'ri keladi.
Lekin ko'pchilik odamlar ikkinchi qismdan uchinchi qismga o'tayotgan payt yoki charchab qolishadi yoki boshqa osonroq tog' qidirishadi.

Kasbni pul uchun boshlagan inson ham yaxshi ko'rganidan boshlagan inson ham ikkinchi qism tugagunigacha bir xil tezlikda ketishadi. Kim haqiqatdan cho'qqiga chiqish istagi borligini uchinchi qism ya'ni qiyinchiliklar ajratib qo'yadi. Har bir soha boshlaganingizda osondek tuyulishi mumkin lekin sizlardan iltimos, kimdir chiqib Malibu oldim, uy oldim desa shu olgan narsalariga qarab emas o'sha kasbning qiyinchiliklarini bilib keyin boshlashni maslahat beraman.

Tog'ga chiqish adirlarga qarab osondek tuyulishi mumkin lekin cho'qqida faqatgina o'zini kasbini haqiqatdan sevadiganlar va uchinchi qismni bosib o'tganlar turadi.

Kuningiz hayrli o'tsin!
Hurmat ila,

Shaha Dolimov