Get Mystery Box with random crypto!

Shaha Dolimov

Telegram kanalining logotibi shahadolimov_oilasi — Shaha Dolimov S
Telegram kanalining logotibi shahadolimov_oilasi — Shaha Dolimov
Kanal manzili: @shahadolimov_oilasi
Toifalar: Bloglar , Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.37K
Kanalning ta’rifi

Shaha Dolimovning rasmiy telegram kanali. Bu yerda hayotiy tajribalarim va ko'rgan-kechirganlarimni sizlar bilan ulashib borishga harakat qilaman.
Instagram: https://www.instagram.com/shahadolimov/
YouTube: youtube.com/channel/UCjJkkNvXDhwKtZ2DbqPa_9A

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-14 08:05:23

2.0K views05:05
Ochish/sharhlash
2022-02-01 16:16:41 Facebook Targeting online ochiq darsi soat 19:00 da boshlanadi. Istaganlar bemalol qo’shilishingiz mumkin!

https://zoom.us/j/95362102776
7.4K views13:16
Ochish/sharhlash
2021-12-31 16:45:00
Yangi yilga yangi chegirmalar bilan

Meraki Acedemy
jamoasi kirib kelayotgan 2022-yil bilan tabriklagan holda, o'z kuzatuvchilari uchun 22%'lik chegirmalarni sovg'a tariqasida taqdim etadi.

31-dekabrdan boshlab, 10-yanvarga qadar video montaj kursi Premier Pro hamda dizayn bo'yicha Ads design online kurslarini 22% chegirmada harid qilish imkoniyatiga egasiz. Kurslar yanvar oyining so'ngida boshlanishi kutilmoqda.

Online kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun adminstrator bilan bog'laning!
9.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2021-11-19 11:31:43 ​​Assalomu alaykum!

Hozirda kopirayterlik kasbi borgan sari rivojlanib bormoqda. Shu bois biz "Kopirayting" kursini ochishga qaror qildik!

Kopirayting kursida siz nimalarni o’rganasiz?

1. Kopiraytingning 5 yo'nalishida (SMM sotuv postlari, sayt, ssenariy, rasmiy hujjatlar va matbuot yangiliklar) matnlar yozish
2. 70% amaliy va 30% nazariy darslar.
3. Mijoz, auditoriya va jamoa bilan ishlash psixologiyasi.
4. Mijoz topish, xizmatingizga narx qo’yish kabi foydali darslar.
6. Saytlarda Jepsen fayllar va Figma bilan ishlash.
7. Ma'lumotlar bazasidan to'g'ri foydalanish.
8. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilarga sertifikat beriladi.
9. Eng yaxshi bitiruvchilar bazasi shakllantiriladi va bizdan mutaxassislarni so'ragan kompaniyalarga aynan shu o'quvchilar tavsiya qilinadi.
10. Kursni tugatgandan keyin ham o'qituvchidan tekin konsultatsiya olish imkoniyati.

O’qituvchi: Muhlisa Zohidova (MBM IT kompaniyasi bosh kopirayteri, Adigeya davlat universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi Matbuot kotibi)
Loyihalari: MBM, Rosso, Yosh Menejer dasturi, Lingo Academy, Meraki Academy.
Kurs davomiyligi: 1 oy (12 ta dars)
Vaqt: 15:00 (dars davomiyligi 1,5 soat)
O’quvchilar soni: 12 ta (maximal)
Kurs narxi: 800.000 so'm (1 oy uchun)

23-Noyabr kuni soat 15:00 da bepul ochiq dars bo’lib o’tadi. Ochiq darsga yozilish uchun adminstrator bilan bog’laning!
8.7K views08:31
Ochish/sharhlash
2021-11-10 09:03:37 ​​Assalomu Alaykum!

“Facebook Targeting" oflayn kursimizning 1-guruh o’quvchilari to’liq kursni tamomlashdi.

Biz navbatdagi guruhga start berdik!

Facebook Targeting kursida siz nimalarni o’rganasiz?

1
. Facebook Ads haqidagi barcha ma'lumotlar (vositalar, strategiyalar, analiz).
2. 70% amaliy va 30% nazariy darslar.
3. Hayotiy Case'lar.
4. $100 bilan real eksperiment o'tkazilib, uni natijalarini birgalikda tahlil qilinadi.
5. Mijoz topish, xizmatingizga narx qo’yish kabi foydali darslar.
6. BONUS DARS (hali O’zbekistonda hech kim o’rgatmagan sirli platforma bilan tanishuv).
7. Barcha o’quvchilar uchun Meraki Marketing Agency ishlash tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyati.
8. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilarga setifikat beriladi.
9. Eng yaxshi bitiruvchilar bazasi shakllantiriladi va bizdan mutaxassislarni so'ragan kompaniyalarga aynan shu o'quvchilar tavsiya qilinadi.
10. Kursni tugatgandan keyin ham o'qituvchidan tekin konsultatsiya olish imkoniyati.

O’qituvchi: Muhammadjon Abdualimov (Meraki Marketing Agency bosh Targetologi)
Loyihalari: Murad Buildings, NRG, Limonaria, Nest One, Tiara
Kurs davomiyligi: 2 oy (24 ta dars)
Vaqt: 18:00 (dars davomiyligi 1,5 - 2 soat)
O’quvchilar soni: 12 ta (maximal)
Kurs narxi: 1.500.000 so'm (1 oy uchun)

11-12 Noyabr kunlari soat 18:00 da bepul ochiq darslarimiz bo’lib o’tadi. Ochiq darsga yozilish uchun admin bilan bog’laning! (@merakiacademy)
6.9K views06:03
Ochish/sharhlash
2021-08-06 22:54:36 O'quv markazlari bor do'stlarimiz uchun foydali post.

Mana yangi o'quv yili ham boshlanish arafasida. O'quv yiliga markazni to'g'ri tayyorlash yil davomida muvaffaqiyatni ta'minlaydi. Chunki kuz boshlarida kelgan o'quvchilar aksariyati yil davomida siz bilan qoladi.


7-avgust (ertaga) 20:30 da Modme loyihasi doirasida "O'quv markazlarni yangi o'quv yiliga tayyorlash" mavzusida bepul vebinar bo'lib o'tadi.

Shu vebinarda qatnashishni sizga tavsiya etaman. Chunki spikerlar xususiy ta'lim va IT sohasida ancha tajribaga ega bo'lgan do'stlarimiz Jahongir Po'latov va Ruslan Yuldashevlar.

Vebinarga ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://bit.ly/2UJMEhN
9.7K views19:54
Ochish/sharhlash
2021-07-30 15:47:40 Hoy bo'lajak marketologlar!

"O'zimnikidek ko'rish" uslubi haqida eshitganmisiz?

Chamasi 2 yil oldin shu uslubni o'ylab topganimdan buyon professional hayotimda juda ko'p pozitiv o'zgarishlar yuz berdi va shu uslubni qisqa qilib sizga ham o'rgatmoqchiman.

Bu uslub hozirda zamonaviy kasb o'rganayotgan va kelajakda mijoz bilan ishlashga to'g'ri keladigan barcha yigit-qizga to'g'ri keladi.

Tasavvur qiling:
1. Yosh farzandingizga enaga oldingiz va enaga farzandingizga huddi o'z farzandidek qarayapti. Bunday enaga har qanday ota-onaga yoqsa kerak deb o'ylayman.
2. Hech qaysi inson o'ziga uxlashga qattiq matras yoki yostiq ravo ko'rmasa kerak. Yoki qattiq divan. Har doim inson o'ziga yaxshi narsalarni ravo ko'radi

Nimalar deb valdirayapsan Shaha? deyayotgan bo'lishingiz tabiiy

Mijozlaringizni biznesi ham ularga huddi farzanddek gap. Agar mijozingizni "farzandiga" huddi o'zingizni farzandingizdek mehribonlik qilayotganingizni his qilsa, u sizni deyarli butun umrlik mijozingizga aylanadi. Aytaylik, shaxsiy hayotingizda biror muammo bor, uni hal qilmaguningizcha ko'zingizga na uyqu keladi na ishtaxangiz bo'ladi. Endi shunday qayg'urishni mijozingizning muammolariga ham qo'llasangiz, uxlamasdan bo'lsa ham yechim topib berasiz.

Ayniqsa SMM mutaxasislardan juda ko'p bir xil savol keladi: "Falondaka yo'nalishdagi brend ekan shunga qanday kontent plan tuzsam ekan?". Ularga ham huddi yuqoridagidek javob beraman: "Tasavvur qiling shu brend sizniki. Nima qilgan bo'lar edingiz" deb. Shu savolni berishim bilan ular yo bir muddat o'ylanib qolishadi yo gapirishda to'xtata olmay qolaman. (Kontent plan bo'yicha yaqinda yana bir ajoyib blog post chiqaraman havotir olmang)

Qissadan hissa shuki, siz xoh ITishnik bo'ling, xoh SMM, xoh dizayner bo'ling, doim mijozni ishini qilishdan avval "Agar o'zimniki bo'lsa nima qilardim?", "O'zimni biznesim bo'lsa shu ishni ravo ko'rarmidim" kabi savollarni berib ko'ring. Manimcha shunda topayotgan pulingiz halol va mijozingiz uzoq muddatli bo'ladi.

Kuningiz hayrli o'tsin,

Hurmat ila

Shaha Dolimov
9.8K views12:47
Ochish/sharhlash
2021-07-29 18:53:09 Assalomu Alaykum!

Orangizda yaqin orada ish qidirib yurganlar yoki ishga suhbatga chaqirilganlar borligi aniq. Bilaman! Hayajonlanishingiz tabiiy hol, ayniqsa o'zingiz yaxshi ko'rgan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan bo'lsangiz. Hozirgacha 30 dan ortiq suhbatlarga borgan inson sifatida sizga kichik bo'lsa ham bundan keyin suhbatda bo'ladigan jarayonlar bo'yicha maslahatlarimni ulashib bormoqchiman.

Bugungi blog postimda "O'zingni 5 yildan keyin qayerda ko'rasan?" degan savolga qanday javob berish mumkinligi haqida aytib beraman.

Juda ham ko'pchilik, "5 yildan keyin o'zimni menejer lavozimida ko'raman", "5 yildan keyin o'zimni sizni o'rningizda ko'raman" kabi javoblar berishadi. Bu javoblar yomon emas lekin javob berayotgan so'zlarni to'g'ri tanlash juda muhim. Ohirgi suhbatimda menga shu savolni kompaniyaning katta menejeri berishganda men: "5 yildan keyin sizga qanday vazifalar berilayotgan bo'lsa menga ham shunday vazifalar berilishini xohlayman" deganman. Bu javobimni eshitib menejer menga "hozirgacha juda ko'p javoblar eshitganman lekin orasida eng zo'ri shu bo'ldi" degan.

Umid qilaman blog postim sizga kichik bo'lsada foyda berdi. Agar yaqinlaringiz shu yaqin kunlarda suhbatga ketayotgan bo'lsa, ular bilan ulashib qo'ying balkim foydasi tegib qolar.

Yana qanday savollarga javob bilishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Kuningiz yaxshi o'tsin!

Hurmat ila,

Shaha Dolimov
7.5K views15:53
Ochish/sharhlash
2021-07-29 11:22:54 ​​Biror bir sohani pul uchun boshlash yoki uni sevganidan boshlashni men huddi bir tog'ga chiqishdek tushunaman!

Keling shu tog'ga chiqish jarayonini 3 ga bo'lib olsak! Birinchi qismni ko'proq adirlar va ariqlar tashkil qiladi va bu qismni bosib o'tish har qanday insonga ancha oson. Ikkinchi qismni endi har xil toshlar va adirlarni tugashi tashkil qiladi. Bu qismni bosib o'tish uchun insondan ozgina ter to'kish talab qilinadi. Uchinchi qismi esa eng qiyini chunki u qismdan to cho'qqigacha, toshlar, havo yetishmasligi, faqatgina oyoq emas balkim endi qo'llarni ham ishlatishga to'g'ri keladi.
Lekin ko'pchilik odamlar ikkinchi qismdan uchinchi qismga o'tayotgan payt yoki charchab qolishadi yoki boshqa osonroq tog' qidirishadi.

Kasbni pul uchun boshlagan inson ham yaxshi ko'rganidan boshlagan inson ham ikkinchi qism tugagunigacha bir xil tezlikda ketishadi. Kim haqiqatdan cho'qqiga chiqish istagi borligini uchinchi qism ya'ni qiyinchiliklar ajratib qo'yadi. Har bir soha boshlaganingizda osondek tuyulishi mumkin lekin sizlardan iltimos, kimdir chiqib Malibu oldim, uy oldim desa shu olgan narsalariga qarab emas o'sha kasbning qiyinchiliklarini bilib keyin boshlashni maslahat beraman.

Tog'ga chiqish adirlarga qarab osondek tuyulishi mumkin lekin cho'qqida faqatgina o'zini kasbini haqiqatdan sevadiganlar va uchinchi qismni bosib o'tganlar turadi.

Kuningiz hayrli o'tsin!
Hurmat ila,

Shaha Dolimov
6.8K views08:22
Ochish/sharhlash
2021-07-29 10:25:32 Yaxshi kuningizda ham yomon kuningizda ham sizga birdek muomala qiladigan insonlar bilan ko'proq vaqt ajrating!

Shaha Dolimov
6.5K views07:25
Ochish/sharhlash