Get Mystery Box with random crypto!

Bir necha kundan buyon o'zimga shu savollar bilan yuzlanayapma | Sayyidumariyya | blog 🌻

Bir necha kundan buyon o'zimga shu savollar bilan yuzlanayapman:
• Ko'plab insonlarga berilmagan ko'z nuringni nimalar uchun sarflayapsan? Foydali narsalar uchunmi yoki keraksizlarini ko'rish ila ovorami? Agar keraksiz ishlar bilan band bo'layotgan bo'lsa, bu ko'zlaring uchun so'ralganingda tayinli javobing bo'ladimi?

• Ko'plab insonlar bebaxra qolgan quloqlaring nimalarni eshitish bilan band? Foydali narsalarnimi yoki uni ham behuda ishlar uchun sarf etayapsanmi? Musiqa tovushlarini oddiy holga aylantirib olmadimi?...

• Alloh senga shunday ne'matni berdi-ki, istagan ishingni qila olasan. Biror kim halaqit qilmaydi, barcha imkoniyating mavjud. Undan to'g'ri foydalanayapsanmi?

• Ijtimoiy tarmoqlarda insonlarning vaqtini behuda narsalar bilan olib qo'ymayapsanmi?

Va yana shu kabi savollar... Barchamiz o'zimizga berishimiz kerak bo'lgan savollar ekani uchun yozib o'tdim. Aslida biron narsa yozish ham qiyin bo'lib qolgan. Ilmsiz ekaningni anglaganing sari, kamgaproq bo'lish istagi yuksalib boraverar ekan...

Va bir narsaga bugun yana-da amin bo'ldim. Bugun ertalabdan buyon you tubeda videolar ko'rayapman. U videolarda bir musulmon insonning nohaq qamalgani va u yerdagi holatlar anglatilgan. Amin bo'lganim narsa esa, musulmon davlatda yashash ancha muhim ishlardan ekani.

Ya'ni biror ilg'or, asosiy qismi musulmon bo'lmagan davlatga o'qish va sayohat uchun boraman nasib qilsa. Lekin doimiy yashash uchun unday davlatlardan uzoq turaman, in shaa Alloh. Bu fikrga aslida oldinroq kelganman. Ammo oxirgi vaqtlarda yana-da mustahkamlandi. Fikrim o'zgarmaydi degan umiddaman. Musulmon davlat derkan, asosiy qismi musulmonlardan tashkil topgan yerlarni nazarda tutdim. Masalan O'zbekiston, Turkiya, Arab diyorlari va boshqalar. Ayniqsa Madina...

Ta'tilimizning ertaga ohirgi kuni. Inningdan darslar boshlanadi, in shaa Alloh. Instagram va facebookni mute holatiga tushirib, ulardan ro'za tutishni boshladim (bilginize)