Get Mystery Box with random crypto!

Sayyidumariyya | blog 🌻

Telegram kanalining logotibi sayyidumariyya — Sayyidumariyya | blog 🌻 S
Telegram kanalining logotibi sayyidumariyya — Sayyidumariyya | blog 🌻
Kanal manzili: @sayyidumariyya
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 769
Kanalning ta’rifi

Mohinabonu Sayyidafzalxo'ja
Kitoblar: @bookgeek_uz
Murojaat uchun: @bookgeek_murojaat

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-10-07 15:32:06 Univerdagi darslarimni yaxshi boshlab oldim, alhamdulillah. Darslar ko'p, uyga vazifalar undan ham ko'proq. Ertadan kechga qadar darsdaman, vaqt qanday o'tayotgani bilinmayapti^^ Qanday ketmoqda? ko'pchilik qiziqadi. Men ham o'z taasurotlarim ila bo'lishib ketay.

Islomning beradigan axloqi baribir o'zgacha. Ilohiyot fakultetimizdagi tartib, axloq qoidalari ham boshqa bo'limlardan ajralib turadi. Asosiy darslarda faqat qizlar o'tiramiz xonada. Leksiyalarda esa bollar ham qo'shiladi. Balki bu tasodifdur, lekin biz bollarning xonasiga emas, ular biznikiga keladi.

Birinchi leksiya darsimiz aqoid fanidan bo'ldi. Sinfda partalar ikki tarafga bo'lingan. Hamma aralash bo'lib o'tirgan edi. Domla kirdilar-da, bollar bir tomon, qizlar ikkinchi tomonga o'tirishini qat'iyan ta'kidladilar. Shundan buyon har darsda bu holat buzilmay kelmoqda.

Ustozlarimizning aksari arab millatiga mansub. Ayrimlari turk tilida deyarli gapira olishmaydi ham. Hammalarining muomilalari go'zal holatda. Bir ustozimiz bor, turkcha gaplasha olmaydilar yaxshi. Barcha qizlarga "uxtiy" deb murojaat qiladilar. Savollariga javob berilsa, har birida "Alloh rozi bo'lsin", "ma shaa Alloh" deb turadilar. Bu kabi halimlik oldida shaxsan men g'alati bo'laman^^

Sohaga oid darslarimiz yuzma yuz (xonada), oid emaslari (turk tili, ingiliz va shu kabi) teams orqali bo'lib o'tadi. Turklar arab harflarini boshqacha talaffuz qilishadi. A o'rniga e lashtirib yuborishadi (ba-be kabi). Shu uchun bu borada ehtiyotroq bo'lish kerak. (Ammo bizdagi ustozlar arab)

Ilohiyot boshlashdan oldin, miyani so'zlar yodlashga o'rgatib turish kerak ekan. Arab tilidagi so'zlarni yodlashimda biroz qiyinchilik bo'lmoqda (ko'p deya olmayman). Guruhimizda bir necha yoshi katta talabalar ham bor. Ayrim sabablarga ko'ra ko'pchilik e'tiboriga tushib, ko'plar bilan yaqin bo'lib qoldim^^ Banucim (Bonuyim) deb kelishadi gaplashishga.

Bir Suriyalik opa bilan tanishdim. Ularni 19,20 yosh deb o'ylagan edim. Aslida esa 40 yoshda ekanlar. Oldin matematika yo'nalishida o'qigan, ustozlik qilgan ekanlar. Hozir esa farzandlari medda, bular esa Islom ilmida o'qiyaptilar. Yana 56, 43, 35 yoshlik opalar ham bor. Balki ular haqida alohida yozarman. Ammo ta'sirlanganim holatlardan biri bo'ldi bu.
133 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-10-04 17:42:13 Bir mamlakatga bir boshqa davlatning ko'plab aholilari birdan ko'chib kelsa, yoki o'sha mamlakatning ijtimoiy hayot tarziga ko'nikib yashaydi, yoki o'z qadriyatlarini u yerda ham yoyadi. Qo'rqaman-ki, ikkinchida zikr qilingan holat yana qaytalanmasin>

Talabga ko'ra taklif bo'lganidek, nimaga talab yuqorilay boshlasa, o'sha narsalar ko'payib boradi..
356 views14:42
Ochish/sharhlash
2022-10-03 00:51:15
548 views21:51
Ochish/sharhlash
2022-10-02 23:49:15 “Биз мусулмонлар бир парадокс билан яшаймиз. Агар биз ҳақиқатан ҳам охирзамонга қадар дунёни бошқаришга ишониб топширилган охирги танлаб олинган уммат бўлсак, нега биз ўз таназзулимизни жиловлай олмаяпмиз? Мусулмон халқи бугунги кунда қарийб икки миллиард аҳолини ташкил этишига ва улар стратегик жиҳатдан дунё келажаги боғлиқ бўлган энергияга бой мамлакатларда жойлашганлигига қарамай, улар шунчаки истеъмолчига айланиб қолишган. Янги технологиялар бизнинг ҳаёт тарзимизда инқилоб ясади ва у бизни ҳали ҳам бошқача яшашга мажбур қилмоқда, аммо бизнинг, миллат сифатида бу жараёнда деярли ҳеч қандай улушимиз йўқ ва шунинг учун атрофимиздаги воқеалар устидан назоратни бутунлай йўқотдик."

(C) Мусулмон онгини қайта қуриш, Рашид Шаз, ҳиндистонлик мутафаккир

@Islommerosi
545 views20:49
Ochish/sharhlash
2022-10-02 20:11:57 https://youtube.com/playlist?list=PLMrFOgO9CPN_tHvX59qHLfn1KbsRLlkm3
523 views17:11
Ochish/sharhlash
2022-10-01 23:01:32 Bir necha kundan buyon o'zimga shu savollar bilan yuzlanayapman:
• Ko'plab insonlarga berilmagan ko'z nuringni nimalar uchun sarflayapsan? Foydali narsalar uchunmi yoki keraksizlarini ko'rish ila ovorami? Agar keraksiz ishlar bilan band bo'layotgan bo'lsa, bu ko'zlaring uchun so'ralganingda tayinli javobing bo'ladimi?

• Ko'plab insonlar bebaxra qolgan quloqlaring nimalarni eshitish bilan band? Foydali narsalarnimi yoki uni ham behuda ishlar uchun sarf etayapsanmi? Musiqa tovushlarini oddiy holga aylantirib olmadimi?...

• Alloh senga shunday ne'matni berdi-ki, istagan ishingni qila olasan. Biror kim halaqit qilmaydi, barcha imkoniyating mavjud. Undan to'g'ri foydalanayapsanmi?

• Ijtimoiy tarmoqlarda insonlarning vaqtini behuda narsalar bilan olib qo'ymayapsanmi?

Va yana shu kabi savollar... Barchamiz o'zimizga berishimiz kerak bo'lgan savollar ekani uchun yozib o'tdim. Aslida biron narsa yozish ham qiyin bo'lib qolgan. Ilmsiz ekaningni anglaganing sari, kamgaproq bo'lish istagi yuksalib boraverar ekan...

Va bir narsaga bugun yana-da amin bo'ldim. Bugun ertalabdan buyon you tubeda videolar ko'rayapman. U videolarda bir musulmon insonning nohaq qamalgani va u yerdagi holatlar anglatilgan. Amin bo'lganim narsa esa, musulmon davlatda yashash ancha muhim ishlardan ekani.

Ya'ni biror ilg'or, asosiy qismi musulmon bo'lmagan davlatga o'qish va sayohat uchun boraman nasib qilsa. Lekin doimiy yashash uchun unday davlatlardan uzoq turaman, in shaa Alloh. Bu fikrga aslida oldinroq kelganman. Ammo oxirgi vaqtlarda yana-da mustahkamlandi. Fikrim o'zgarmaydi degan umiddaman. Musulmon davlat derkan, asosiy qismi musulmonlardan tashkil topgan yerlarni nazarda tutdim. Masalan O'zbekiston, Turkiya, Arab diyorlari va boshqalar. Ayniqsa Madina...

Ta'tilimizning ertaga ohirgi kuni. Inningdan darslar boshlanadi, in shaa Alloh. Instagram va facebookni mute holatiga tushirib, ulardan ro'za tutishni boshladim (bilginize)
613 views20:01
Ochish/sharhlash
2022-10-01 16:30:52
Hijriy Rabiul avval oyining beshinchi kuni.

Ha, oʼsha kun keldi. Yana ayrilish vaqti keldi. Onamning koʼz yoshlari-yu otamning duolarini oladigan kun. Masofa uzoq boʼlsa ham koʼngil yaqin boʼlsin deyishadi lekin koʼngil yaqinligi doim ham dalda boʼlolmas ekan. Faqatgina safarim ilm yoʼlida ekanligi hamda oilamni Robbimga omonat qilolganim biroz dalda boʼladi. Ota-onamga «roziligingizni olish uchun hizmatingizda boʼlolmaganim uchun meni kechiring» degim keldi. Deyolmadim. Mavridi boʼlmadi deya bahona ham izlagim yoʼq. Yaqinda bir suhbatda, ilm olish uchun asosiy uch narsa haqida gapirishgandi. Bularning birinchisi zehn, ikkinchisi moliyaviy moddiyatlar, uchinchi va eng asosiysi maqsad yaʼni niyat ekan. Yana oʼylanib qoldim maqsadim toʼgʼrimi? Tilda "Alloh roziligi hamda ummatga foydali inson boʼlish" deyish oson, qalbda ham shundaymi?

Alloh haq yoʼlida sobit qilsin...
452 views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-30 23:20:24 Turkiyada tuzilgan, "Dunyo sayyidlari va shariflar uyushmasi" bor ekan. Avvallari sayyid/ho'jalarga, ularni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam avlodlaridan kelganlari to'g'risida yorliq berib kelingan. Ruslar davridan keyin bu narsalar to'xtagan. Ungacha barcha sayyidlarning o'z shajaralari va o'sha paytdagi shayx/muftiylar tomonidan tasdiqlanuvchi yorliqlari bo'lgan.

Bu kabi holat Usmoniylar paytida ham amalga oshirib kelingan. Masalan agar Turkiyalik bir sayyid, o'sha oldingi berilgan xujjatini yo'qotib qo'ygan bo'lsa, o'sha arxiv xujjatlar saqlanuvchi yerga borib olishi mumkin ekan. Bizda bilolmadim bu qanday...

Xullas ana shu "Dunyo Sayyidlar va Shariflar uyushmasi" ga o'sha xujjatlaringiz ila murojaat qilsangiz, xujjat asosida o'rganib chiqilib, chindan sayyidlardan bo'lsangiz o'sha uyushma azosiga aylanar ekansiz.

Hozirda qiziqayotganim masalalardan biri shu. Oldin bu mavzularga biroz o'zga ko'z ila qarar edim. Hozirda fikrlarim ancha o'zgargan. Tabiiyki inson nasli bilan emas, taqvosi ila aziz. Ammo sayyidlar oila masalalarida faqat o'zaro oldi berdi qilishganlarini, to'g'ri ekan degan qarorga keldim. Lekin avvalo bu borada ham taqvosi ustun. Xullas shunday gaplar menda.
462 views20:20
Ochish/sharhlash
2022-09-30 14:30:40 Tavsiya qilaman eshitishni. Kitobdan tarjima qilib borilayotgan ekan.
475 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-09-30 14:24:02 #1_suhbat

Habibim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub

G'iyosiddin domla

@GiyosiddinHabibulloh
472 views11:24
Ochish/sharhlash