Get Mystery Box with random crypto!

Hijriy Rabiul avval oyining beshinchi kuni. Ha, oʼsha kun kel | Sayyidumariyya | blog 🌻

Hijriy Rabiul avval oyining beshinchi kuni.

Ha, oʼsha kun keldi. Yana ayrilish vaqti keldi. Onamning koʼz yoshlari-yu otamning duolarini oladigan kun. Masofa uzoq boʼlsa ham koʼngil yaqin boʼlsin deyishadi lekin koʼngil yaqinligi doim ham dalda boʼlolmas ekan. Faqatgina safarim ilm yoʼlida ekanligi hamda oilamni Robbimga omonat qilolganim biroz dalda boʼladi. Ota-onamga «roziligingizni olish uchun hizmatingizda boʼlolmaganim uchun meni kechiring» degim keldi. Deyolmadim. Mavridi boʼlmadi deya bahona ham izlagim yoʼq. Yaqinda bir suhbatda, ilm olish uchun asosiy uch narsa haqida gapirishgandi. Bularning birinchisi zehn, ikkinchisi moliyaviy moddiyatlar, uchinchi va eng asosiysi maqsad yaʼni niyat ekan. Yana oʼylanib qoldim maqsadim toʼgʼrimi? Tilda "Alloh roziligi hamda ummatga foydali inson boʼlish" deyish oson, qalbda ham shundaymi?

Alloh haq yoʼlida sobit qilsin...