Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 26

2022-10-11 09:35:06
Rossiyada sun’iy intellekt (deep fake) texnologiyasi yordamida ishlangan birinchi serial efirga chiqdi.

ПМЖЕЙСОН deb nomlangan serialda Gollivudning mashhur Keanu Reeves, Jason Statham va Margot Robbie aktyorlarining yuzidan foydalanilgan.

Yana 3-4 yilda nimalar bo’lib ketadi, xudo biladi.
2.8K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-10-08 06:42:10
- Nega tajribasiz talabani ishga oldik?
- Ish tajribasi yoʻq odam CVga nima yozadi?
- Project manager nega kerak?
2.5K views03:42
Ochish/sharhlash
2022-10-08 05:50:37
3-4 kun avval sotuv boʻlimi xodimi izlab eʼlon bergan edik, bir qiziq holat boʻldi.

Haliroq video post qilaman, qanday qilib mutlaqo tarjibasi yoʻq talabani 3 million oylikka ishga olganimizni aytib beraman.
2.9K viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash
2022-10-07 16:55:57
5 daqiqadan soʻng Oʻzbek tilidagi ilk Project management kursi taqdimoti boshlanadi.

Link:

3.1K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-10-04 05:10:39
Tasodiflarni yaxshi koʻramanda, bizga Ingliz tili kursini yozib bergan Behzod bilan CSpaceda koʻrishib qoldik.

Oʻz ishini ustasi, juda samimiy yigit. Koʻrishib qolsak mazza qilib dardlashamiz.

Youtubeda LeapEnglish kanali bor, Ingliz tilini zoʻr oʻrgatadi. Hozir oʻzining onlayn English akademiyasini ham boshlab yuboribdi, jamoasi bilan Zoom orqali jonli darslar oʻtishayotgan ekan. Ingliz tilini mukammal o'rganaman deganlarga tavsiya qilaman.

Qiziqqanlar uchun Behzodning Telegram kanali @leapenglish
Sayti LeapEnglish.uz
3.5K viewsedited  02:10
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:48:36 #vakansiya #ishbor Mohirdev sotuv bo'limida oyligi $200-$1000 lik ish bor. Vazifalari: • Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash • Kurslarga oid so'rovlarga javob va maslahat berish • Olingan ma’lumotlarni bazaga kiritish • Mijozlarga to'lov kvitansiya…
2.4K views12:48
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:28:38 #vakansiya #ishbor

Mohirdev sotuv bo'limida oyligi $200-$1000 lik ish bor.

Vazifalari:
• Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash
• Kurslarga oid so'rovlarga javob va maslahat berish
• Olingan ma’lumotlarni bazaga kiritish
• Mijozlarga to'lov kvitansiya yuborish
• Ishga mas'uliyat bilan yondoshish

Talablar:
• 20-30 yosh orasidagi ayol-qizlar va yigitlar
• Xushmuomalalik, intizom
• Shaxsiy kompyuterdan foydalanishni bilish
• Shaxsiy rivojlanishga intilish

Ish turi: Offlayn (doimiy)

Imkoniyatlar: Sotuv, marketing va IT sohasida tajriba orttirish

Qulayliklar: Shinam ofis, tajribali jamoa, o'sayotgan startap

Maosh: 2 000 000 - 10 000 000 (KPI)

Manzil: Toshkent, Yunusobod (Turkiston metrosi)

Ishga topshirish uchun ushbu so’rovnomani to’ldiring: https://forms.gle/7y51R1JGs4cgYMfj7

Bog’lanish: @hr_mohirdev
3.3K viewsedited  12:28
Ochish/sharhlash
2022-10-02 05:11:14
Mohirdevni ishga tushirganimizdan beri eng koʻp soʻraladigan savollardan biri bu —
"Onlayn oʻqib ham dasturchi boʻlish mumkinmi?"

Javob esa oddiy, sizu-biz tanigan aksar katta dasturchilar dasturlashni mustaqil, online va kitoblardan o'rgangan. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonda dasturchilarni tayyorlaydigan oʻquv dargohlar ham markazlar ham boʻlmagan.

Najot taʼlim yoki PDP kabi dasturchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazlar bu yangi fenomen, 3-4 yil boldi xolos. Universitetlarda dasturchilarni tayyorlash esa avval ham, hozir ham yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Hatto Inha kabi kuchli universitet talabalari ham koʻp narsalarni mustaqil oʻrganishga majbur.

Men oʻzim ham IT sohasida Koreada oʻqigan boʻlsam ham, Data science yoʻnalishini mustaqil, coursera va edx platformalari orqali oʻrganganman.

Shuning uchun, online ta'limdan koʻnglim toʻq. Ayniqsa hozir, Oʻzbek tilidagi kurslar ham koʻpayib qolgan zamonda bemalol onlayn oʻqib dasturchi boʻlish mumkin.

Anvar Narzullaev @sariqdev
6.1K viewsedited  02:11
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:59:57 Koʻpchilik rasmdagi kanalga link soʻrabdi, marhamat @UstozShogird

Ish, ustoz yoki shogird qidirayotganlarga doim tavsiya qilib kelganman. Har kuni oʻnlab yangi ish oʻrinlari eʼlon qilib boriladi.
5.3K views03:59
Ochish/sharhlash
2022-09-29 15:05:56
Shunaqa dasturchilarga ham talab bor
4.1K views12:05
Ochish/sharhlash