Get Mystery Box with random crypto!

Mohirdevni ishga tushirganimizdan beri eng koʻp soʻraladigan s | Sariq Dev

Mohirdevni ishga tushirganimizdan beri eng koʻp soʻraladigan savollardan biri bu —
"Onlayn oʻqib ham dasturchi boʻlish mumkinmi?"

Javob esa oddiy, sizu-biz tanigan aksar katta dasturchilar dasturlashni mustaqil, online va kitoblardan o'rgangan. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonda dasturchilarni tayyorlaydigan oʻquv dargohlar ham markazlar ham boʻlmagan.

Najot taʼlim yoki PDP kabi dasturchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazlar bu yangi fenomen, 3-4 yil boldi xolos. Universitetlarda dasturchilarni tayyorlash esa avval ham, hozir ham yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Hatto Inha kabi kuchli universitet talabalari ham koʻp narsalarni mustaqil oʻrganishga majbur.

Men oʻzim ham IT sohasida Koreada oʻqigan boʻlsam ham, Data science yoʻnalishini mustaqil, coursera va edx platformalari orqali oʻrganganman.

Shuning uchun, online ta'limdan koʻnglim toʻq. Ayniqsa hozir, Oʻzbek tilidagi kurslar ham koʻpayib qolgan zamonda bemalol onlayn oʻqib dasturchi boʻlish mumkin.

Anvar Narzullaev @sariqdev