Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 27

2022-09-28 06:34:41
Oʻtgan hafta Mohirdev ofisiga Belorussiyaning Qulix firmasi tashrif buyurdi. Qulix - Oʻzbekistonga kirib kelayotgan eng katta outsource kompaniyalardan boʻlib, dunyo boʻylab minglab kompaniyalarga xizmat koʻrsatar ekan.

Suhbat davomida aytilgan qiziq gaplar:
1. Dunyo miqyosida .NET dasturchilar va QA testerlarga talab katta (mohirdevga kelishiga ham biz yaqinda ochgan .NET kursi sabab boʻlgan).

2. Oʻzbekistonda junior dasturchilarning orzusi osmon, 1-suhbatdayoq 1000$ maosh so'raydi .

3. Qulix kabi firmalar uchun junior dasturchining GitHub sahifasini qanday yuritishi juda muhim. Commitlar soni va tezligiga alohida ahamiyat berishar ekan (bu sizning faolligingizni va oʻz ustingizda ishlashingizni koʻrsatadi).

3. Rus va/yoki Ingliz tilini bilish shart!

Suhbat soʻngida Qulix bilan Mohirpool loyihasi doirasida hamkorlik qilish rejasini koʻzladik.

Birinchi talab aynan .NET dasturchilarga.

.NET kursimizda oʻqiyotgan boʻlsangiz, tezlating. Mohirpool yangi qabuli shu yoʻnalishda ham boʻladi.

Foydali bogʻlamalar:
- www.qulix.com
- mohirdev .NET praktikum
- mohirdev QA tester kursi
- @mohirpool loyihasi
5.0K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:32:05 Biron joyga ishga/amaliyotga topshirmoqchi bo'lsangiz.

"Assalomu alaykum. Falon e'londagi (link) ish bo'yicha yozyapman.

Ismim Falonchi. Yaqinda o'quv kursda A sohasini o'rganib tugatdim. U kursdan tashqari o'zim mustaqil rus va/yoki ingliz tillardagi kurslarni ham o'qib chiqdim.

Kurs davomida va undan tashqari payt mustaqil N ta loyiha tuzib chiqdim. Ulardan eng murakkabi X loyihasi bo'lib, unda B, C va D kabi murakkab imkoniyatlarni tuzib ko'rdim.

Rezyume, GitHub profilim va portfolioga linkni keyingi xabarda yuboryapman.

Kompaniyangiz haqida izlanib ko'proq Z yo'nalishidagi loyihalarning tuzilganini ko'rdim. Men ham shu soha bo'yicha xos loyihalar tuzib chiqqanman.

Yangi texnologiyalarni o'rganishga ochiqman. Jamoadagi tajribali akalar yo'l ko'rsatib yuborishsa, zarur bo'lgan mavzularni tez o'zlashtira olaman.

Oilaliman (masalan). Shunga agar bilim va ko'nikmalarim to'g'ri kelsa, sinov payti kundalik xarajatlarni qoplay oladigan oylik bo'lsa, ancha erkin ishlay olar edim. Agar texnik bilimlarim yetarli bo'lmasa, tez muhlatda ularni to'ldirib olishga harakat qilaman.

Zoom orqali yoki ofisga borib suhbatdan o'tishga tayyorman. Suhbatda o'z bilim va tajribamni yanada ochiqroq ko'rsatib bera olaman, degan umiddaman.

Javob uchun oldindan rahmat."

#no_meta
3.6K views09:32
Ochish/sharhlash
2022-09-21 10:32:12 Интелектуал боқимандалик.

Кўпчиликка эътибор берсак, самарадорлиги кам бўлсада қийналиб доим қилган ишини қилаверади. Ўзгартириш киритиш янгилик киритиш кераклигини қабул қилмайди.

Ал Хоразмий алгоритимидан бошлаб минг йил давомида технология компютер смартфон холига келди. Бутун дунё қўллаяпти. Ўзимизда хам хаетимиз бир бўлагигс айланяпти. Қиммат айфон олиб, ало ало, телеграм, ўта олмайди. 4-программани фаол ишлатса мия осилиб қолса керак.

Телеграм кириб келганига 8 йил бўлди. Халигача геолокация юборишни билмайдиганлар бор. Бир бирини топа олмай тентираб қийналиб юраверишади. Ёки клик тўловларни олайлик, пулини қучоқлаб хаммадан хавотирланиб юраверади. Замонавий мазохистлар бўлса керак. Шуни ўрган деса, йўқ манга керак эмас дейишади. Аслида сан борсанку, фикрлаб нима қиламан дейди. Ўзидан жиннини ёқиб олади. Мияси қабул қила олмайдиган боқиманда бўлади дейсиз, лекин тўй, зиёфатлар, сериал персонажлари, кимни нима қилиб юрипти хар бир фрагментини билади.

Тайёрлаб қўйилган йўлни хохлайди. Стабилност, боғча, мактаб, институт, иш, пенсия. Лекин ойлиги камлигидан нолийди. Тайёр чизилган йўл еқмаса харакат қилиш керак.

Кимдур технологияларни тушунмаяпман деса, тўгирлаб беришга шошилманг, йўлини кўрсатинг, интелектуал боқимандаликни енгиб чиқсин.

Hojiakbar Rajab
7.0K views07:32
Ochish/sharhlash
2022-09-20 07:56:18
IT sohasiga kirishning eng oson yo’llaridan biri bu QA tester bo’lish. Testerlarning vazifa dasturrchilar yaratgan ilovalarni sinash, kamchilik va xatolarni topish. Bu sohaga kirish uchun dasturlashni bilish ham talab qilinmaydi.

Hammasidan zo’ri, QA testerlarga talab juda katta, EPAM kabi xalqaro kompaniyalar ham hozir testerlarni qidirib yuribdi.

Bularning hammasini yozishimga sabab, mohirdev.uz saytimizda QA testerlik online kursi sotuvga chiqdi.

Kurs narxi 1.5mln so’m. Davomiyligi 3-4 oy (qancha tez bitirish sizga bog’liq).

Kurs ustozlari Muhammadaziz va Abdufattoh esa tajribali QA testerlar.

Xullas, IT ga qiziqqan, lekin dasturlashdan qo’rqannlar uchun zo’r imkoniyat.

Link: https://praktikum.mohirdev.uz/quality-assurance-sifat-nazorati
6.1K viewsedited  04:56
Ochish/sharhlash
2022-09-15 07:19:25 Savolni to’g’ri so’rash

Sifatsiz savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti”

Sifatli savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti. Quyidagi ishni qilgan edim, quyidagicha xato beryapti. Mana bu yerda yozilgan ishni qilmoqchiman. Windows ishlataman. Aloqador kodni screenshotda ko’rishingiz mumkin”
8.0K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-09-07 13:37:00 Yiqilishga imkon yo'q edi...

Uzoq kutilgan film premyerasini e'lon qilamiz. «Kelajak yoshlari» granti ishtirokchilaridan «Kelajak yoshlari» nomli hujjatli film premyerasini qarshi oling!

— Ular siz va biz kabi oddiy insonlar edi;
— Ularda ham orzu va havas bor edi;
— Ular umid qilishdan to'xtamas edi;
— Ular imkoniyat borligiga ishonishar edi;
— Ularga birgina imkon kerak edi;
— Ular o'zlariga berilgan ishonchni oqladi.

2021-yil, 5-aprel. «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan "Kelajak yoshlari" ta'lim granti ilk bor e'lon qilingan kun.

Katta maqsadlar va ezgu niyatlar bilan ushbu grantni taqdim qildik va 60 nafar boquvchisini yo'qotgan hamda kam ta'minlangan oila farzandlarini saralab oldik.

1 yil davomida IT sohalari va ingliz tilini o'rgangan yoshlarning bugun deyarli barchasi o'z yo'lini topib, ma'lum bir muvaffaqiyatga erishdi.

Biz ularning muvaffaqiyatidan ilhomlangan holda qahramonlarimizni jamiyatga ibrat bo'lishi o'laraq "Kelajak yoshlari" nomli film olishga qaror qildik. Media-marketing jamoasining uzoq harakatlaridan so'ng ushbu filmni sizlarga taqdim qilishga tayyormiz. Ishonamizki, ushbu film har bir kelajak yoshlari uchun manfaatli bo'ladi.

Film premyerasini bugun — 7-sentyabr soat 20:30 da YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling. O'tkazib yubormasligingizni tavsiya qilamiz.

Havola:



P. S. Ushbu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing.
3.1K views10:37
Ochish/sharhlash
2022-08-18 19:35:42
Data Science va Sun'iy Intellekt kursi uchun qanday kompyuter kerak?

Bu savolga javobni videodan bilib oling

Kurs ai.mohirdev.uz
5.7K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-08-16 05:11:10
Mana bu dastur tartibsiz Legolarni tavsirga olib, nimalar yasash mumkin koʻrsatar ekan. Dastur sunʼiy intellekt asosida ishlaydi.
9.6K views02:11
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:23:47
Darvoqe, kitob xarid qilganlarga "Mukammal Telegram bot" kursiga 50ming soʻm chegirma beramiz. Kitobning puli yoningizga qoladi.

Chegirma olish uchun @mohirdev_jbot ga xarid chekini yoki xarid qilingan kitob rasmini yuboring.

upd1. Kurs oʻzi 250ming soʻm, chegirmadan keyin 200ming.
upd2. Chegirmalar jamlanmaydi. Boshqa aksiya davomida chegirma olgan boʻlsangiz, qoʻshib ishlata olmaysiz.
9.6K viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:16:58
#qayta_nashr

Uzoq kutilgan «Pythonda dasturlash asoslari» kitobining uchinchi nashri sotuvda!


Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

Muallif:
Anvar Narzullayev
Narxi:
55 000 so‘m
Muqova: qattiq
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
7.8K views06:16
Ochish/sharhlash