Get Mystery Box with random crypto!

Tarixlar sarasi

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — Tarixlar sarasi T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — Tarixlar sarasi
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41
Kanalning ta’rifi

Har kuni bitta post lekin zur post buladi

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-10-28 06:01:10
Bobo va nabira Tokioning aynan bir joyida. Oradagi farq 73 yilni tashkil etadi.

@SARA_TARIX
2.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-10-28 03:13:04
Juma kuni kimga nimani ravo ko‘rsangiz o‘shani yuboring deyishadi. Men sizga shu joylarga ota-onangiz bilan borishni ravo ko‘rdim!

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin, azizlar!

Sara tarix
2.5K views00:13
Ochish/sharhlash
2022-10-27 19:03:32
Hozirgi Kanada hududidagi birinchi qog'oz pullar vazifasini oʻyin kartalari bajargan.

1685-yilda Yangi Fransiyaning shimoliy hududlari ma'muriyati xizmatchilar va ishchilarning ish haqini to'lash uchun Yevropadan keladigan tangalar yetishmasligiga duch keladi. Keyin intendant (armiya moddiy taʼminoti bilan shugʻullanuvchi xodim) oddiy kartalarni turli shakllarga kesib tashlaydi, pul nominallariga imzo chekadi va ularni o'z muhri bilan tasdiqlaydi va Eski Dunyodan kemalar kelganidan keyin bu kartalarni haqiqiy tangalarga almashtiradi. Naqd pul taqchilligi bilan bog'liq muammoni hal qilishning xuddi shunday usuli bu yerda XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida yana bir necha marta qo'llanilgan.

@SARA_TARIX
2.6K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-10-27 18:28:56
#tavsiya

Hozirda telegram tarmog'ida Tarixiy kanallarning soni juda ko'p. Ular orasida o'zining sifatli va qiziqarli kontentlari bilan ajralib turadigan "Tarix va Tahlil" kanalini sizga tavsiya qilaman. Obuna bo'ling, ko'ring, tekshiring yoqmasa keyin menga aytasiz!

Kanal linki: @Tarix_va_Tahlil
2.5K views15:28
Ochish/sharhlash
2022-10-27 17:12:57
"GOʻZALLIK BELGISI"...

Har bir mamlakat oʻz go'zallik tushunchasiga ega. Uzoq vaqt davomida Xitoyda kichkina "lotus" oyoqlari ayol go'zalligining belgisi deb hisoblab kelingan.
Oyoqlarning bunday shakli yevropaliklarda qoʻrqinch uygʻotgan va bunday shaklga erishish yoʻllari esa ularni hayratga solgan!

Oyoqlarni bog'latish taxminan besh yoshdan boshlangan. Onalar oʻz bolalarining oyoqlarini ensiz mato bilan o'rashgan. Keyingi besh yil davomida qizlar kun bo'yi va kecha-yu kunduz oʻsha matolarni yechmasdan kiyib yuraverishgan. Bola ulg'aygani sayin, oyoqlarining shakli ham asta-sekin o'zgara borgan. Shu bilan birga, ular dahshatli jismoniy og'riqni ham boshdan kechirishgan.

Ushbu xiralashgan an'ana o'n asr davom etgan va faqat XX asrga kelib yo'qolgan.

@SARA_TARIX
2.6K views14:12
Ochish/sharhlash
2022-10-27 06:50:45
"Kimdir atirgulning hidini tushunmaydi. Yana kimdir achchiq o'tlardan asal oladi. Kimdirga non ber, bir asr eslaydi. Boshqasiga jon fido, lekin buni tushunmaydi".

Umar Hayyom‌


@sara_tarix
3.2K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-10-26 18:30:41
Oʻzbek dublyaj sanʼatining oltin davri.

Baho berish sizdan)

Sara tarix
3.0K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-10-26 10:01:44 ​​Usmonli imperiyasida jallod kabi kasb boʻlmagan. Uning o‘rniga sultonlarning bo‘stonji – “bog‘bonlari” bu ishni bajargan. Ularning rasmiy vazifalari xilma-xil edi - bog'larni parvarish qilish, quruvchilik, farroshlik, o't o'chiruvchilik, politsiyachi, saroy qo'riqchisi va, albatta, jallodlik edi. Aybdorlar osib oʻldirish yoki kallasidan judo qilish yo'li bilan emas, balki ipak arqon bilan boʻgʻish orqali qatl etilgan. Bu katta jismoniy kuch talab qilgan. Xullas, “bosh bog‘bon” darajasiga ko‘tarilgan bo‘stonji, albatta, ajoyib tayyorgarlikka ega bo‘lgan.

Sulton Mehmed IV ning bosh bog‘boni Sufliqor tarixga kirgan. Garchi u bu lavozimda bor-yo‘g‘i besh yil bo‘lgan bo‘lsa-da, shu vaqt ichida u 5000 dan ortiq odamni qatl etishga muvaffaq bo‘ldi, garchi uning qo‘liga faqat imperiya elitasining vakillari tushgan boʻlsa ham. Shu bilan birga, mahkumning imkoni bor edi: u jallod qoʻlida oʻlim topishdan qochishga harakat qilishi, agar muvaffaqiyatli bo'lsa, jazo surgun bilan cheklanishi ham mumkin edi. Agar bu muvaffaqiyatsiz bo'lsa, ipak arqon. Shubhasiz, Sufliqor ajoyib sportchi bo'lgan va shu bilan birga tezkor va teng darajada kuchli ham edi.

@SARA_TARIX
3.0K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2022-10-12 14:47:38
"Ta’lim-tarbiyaga pulni ayagan davlat, o‘sha pulini qamoqxona qurishga ishlatadi".

- Otto fon Bismark – Germaniya imperiyasi birinchi kansleri.


@SARA_TARIX
957 views11:47
Ochish/sharhlash
2022-10-12 09:12:27
Vayolet Jessopning "la’nati".

Vayolet Konstans Jessop uchta eng mashhur okean laynerlari - "Olimpik", "Titanik" va "Britannik"da styuardessa va hamshira bo‘lib ishlagan.

Ularning har biri halokatga uchragan - Olimpik boshqa kema bilan to‘qnashdi va deyarli cho‘kib ketdi, Titanik aysberg bilan to‘qnashib, g‘arq bo‘ldi, Britannik minada portlatilib, g‘arq bo‘ldi, ammo bu kemalar halokatidan keyin Vayolet hech qanday zarar ko‘rmagan.

Bu hodisalarning barchasi uni bezovta qilmaydi ham va u nafaqaga chiqqunga qadar ishlashda davom etdi. Vayolet baxtli hayot kechirdi va 83 yoshida vafot etdi.

Sara tarix
1.6K views06:12
Ochish/sharhlash