Get Mystery Box with random crypto!

'GOʻZALLIK BELGISI'... Har bir mamlakat oʻz go'zallik tushunc | Tarixlar sarasi

"GOʻZALLIK BELGISI"...

Har bir mamlakat oʻz go'zallik tushunchasiga ega. Uzoq vaqt davomida Xitoyda kichkina "lotus" oyoqlari ayol go'zalligining belgisi deb hisoblab kelingan.
Oyoqlarning bunday shakli yevropaliklarda qoʻrqinch uygʻotgan va bunday shaklga erishish yoʻllari esa ularni hayratga solgan!

Oyoqlarni bog'latish taxminan besh yoshdan boshlangan. Onalar oʻz bolalarining oyoqlarini ensiz mato bilan o'rashgan. Keyingi besh yil davomida qizlar kun bo'yi va kecha-yu kunduz oʻsha matolarni yechmasdan kiyib yuraverishgan. Bola ulg'aygani sayin, oyoqlarining shakli ham asta-sekin o'zgara borgan. Shu bilan birga, ular dahshatli jismoniy og'riqni ham boshdan kechirishgan.

Ushbu xiralashgan an'ana o'n asr davom etgan va faqat XX asrga kelib yo'qolgan.

@SARA_TARIX