Get Mystery Box with random crypto!

Yengil-yelpi, oldi-qochdi xabarlarni yoritguvchi nashrlarni – | Sanjar Nazar

Yengil-yelpi, oldi-qochdi xabarlarni yoritguvchi nashrlarni – “sariq matbuot” der edik. Maishiy, siyqa mavzular yoritilgan kinolarga kimdir “xontaxta film” deb nom qoʻyib berdi. Joyiga tushgan. “Ustasi farang”, “oʻris tabiat” kabi ibora yasash tajribalarimizdan kelib chiqib taxmin qiladigan boʻlsam, yaqin orada noʻnoq, sifatsiz badiiy asarlarni “turkcha roman”, “turk romani” deb atay boshlasak kerak. Turkiyaga, turk madaniyati, adabiyoti va qardosh xalqqa nisbatan ulkan mehrim taʼsirida rashk qilib boʻrttirayotgandirman balki. Ammo paydar-pay chop etilayotgan siyqa va sifatsiz turk tarjima romanlari shunday xulosa chiqarishga majbur qilmoqda, afsuski.

https://t.me/SanjarNazar