Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Telegram kanalining logotibi sammohm — Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi S
Telegram kanalining logotibi sammohm — Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Kanal manzili: @sammohm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.49K
Kanalning ta’rifi

Rasmiy veb sayt:
http://sammoi.uz
Telegram kanal:
t.me/sammohm
Facebook kanal:
facebook.com/sammoi.uz
YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi
Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat: 99899-046-47-74; 99899-595-56-09

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 07:48:47
#USUL

Eslab qolish qobiliyatini rivojlantirsa bo'ladimi?

Ha, bo'ladi. Bizning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz qanchalik ko‘p mashq qilsak, xotiramiz shunchalik kuchayib boradi.

Sanash – xotirani kuchaytirish uchun yaxshi mashq. Bu samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Masalan: 1, 20, 2, 19, 3, 18 va hokazo.

Qo'l mashqi — xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan biri qo‘l mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
696 viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:46:41 #MULOHAZA_UCHUN

Hududiy xalq ta’limi bo‘limi mudirlari qancha oylik oladi?

Ma’lumki, xalq ta’limining eng quyi tizimini bo‘lim mudirlari nazorat qiladi. Shunga yarasha ularda katta mas’uliyat ham bor. Ayni damda bo‘lim mudirlari lavozimiga ko‘ra tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadi.

Qiziq tarafi shundaki, ular lavozim jihatdan boshqa pedagog xodimlarga nisbatan yuqoriroq pog‘onada tursada, maktab direktoridan ham kerak bo‘lsa ayrim o‘qituvchilardan ham ko‘ra kamroq maosh oladilar.

Hozirgi kunda bo‘lim mudirining o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln 780 ming so‘mdan 3 mln 154 ming so‘mgacha miqdorni tashkil etadi. Maktab direktorlari esa 3 mln 567 ming so‘mdan 4 mln 272 so‘mgacha miqdorda maosh oladilar.

Bizda teskari qoida bor. Ya’ni xodimning lavozimi, shunga yarasha esa mas’uliyati ortib borgani sari, ular oladigan maosh kamayib boradi. Boshqa sohalarda unday emasdir balki. Misol uchun, adliya tizimidagi hududiy FHDYO bo‘limi mudirasi — 7 mln 500 ming so‘mdan 9 mln 500 ming so‘mgacha maosh olar ekan.

Ularning lavozim okladi — 2,2 mln so‘m bo‘lib, mehnatni rag‘batlantirish va boshqa qo‘shimchalar — 2,5 mln so‘mni, shaxsiy ustama 25 foiz — 800 ming so‘mni, pullik xizmat tushumiga qarab qo‘shimcha ustama — 4 mln so‘mni, natijada ular 7 mln 500 ming so‘mdan 9 mln 500 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda maosh olishga erishar ekan.

Bilamizki xalq ta’limining eng quyi tizimi har tomonlama hududiy hokimliklarga bog‘lab qo‘yilgan. Shu sababli bo‘lim mudirlari ish faoliyati mobaynida hududiy hokimliklarga ham bo‘ysinishga majbur bo‘ladi. Shunga yarasha ularning hisobotlarda qayd etilmaydigan bir qancha "chiqimlari" ham mavjud.

Bizningcha, aynan mana shu omillar xalq ta’limi bo‘limi mudirlarining tizimdagi o‘rni sezilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham ularning ish faoliyati asosan xo‘jalik ishlarini nazorat qilish va tegishli jazo choralari qo‘llashdan iborat bo‘lib, ta’lim sifati bilan shug‘ullanish ikkinchi darajali masalaga aylanib qolmoqda.

Manba:Xalq ta'limi info
790 views04:46
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:11:06 ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли халқ таълими ходимлари, педагог устозлар!

Хабарингиз бор, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 17 январдаги 25-сон қарори билан "Халқ таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини ташкил этиш тартиби тўғрисида низом" тасдиқланган эди.

Эндиликда халқ таълими ходимлари фақат Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги малака ошириш ташкилотларида эмас, балки, ўз ихтиёрларига кўра, давлат ва нодавлат таълим муассасаларида ҳам ўз малакаларини оширишлари мумкин бўлди.

Нодавлат таълим ташкилотларининг халқ таълими ходимлари малакасини ошириш бўйича харажатлари давлат бюджетининг мазкур соҳага ажратилган маблағлари ҳисобидан қопланиши белгиланди.

Низомга мувофиқ, халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланадиган нодавлат таълим ташкилотлари Реестри шакллантирилди.

Реестр орқали келиб тушган аризалар тегишли тартибда Халқ таълими вазирлиги томонидан кўриб чиқилди ва белгиланган талабларга жавоб берадиган 3 та нодавлат таълим ташкилотлари, “Зиё муаллим педагоглар ривожланиш маркази”, "Turon international school group" ва "Тафаккур чархпалаги" нодавлат таълим ташкилотлари халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланишлари учун имконият яратилди.

Ушбу нодавлат таълим ташкилотлари қуйидаги йўналишлар бўйича малака ошириш курсларини ташкил этадилар:

• Информатика ва ахборот технологиялари;

• Инглиз тили.

Бошқа нодавлат таълим ташкилотлари ҳам юқоридаги ташкилотлар каби халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланишлари мумкинлигини эслатиб ўтамиз.

Малака ошириш фаолиятини йўлга қўймоқчи бўлган нодавлат таълим ташкилотларига “Узлуксиз касбий таълим” электрон платформасининг Нодавлат таълим ташкилотлари реестри орқали рўйхатдан ўтишлари мумкинлигини маълум қиламиз.

Халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш билан шуғулланадиган нодавлат таълим ташкилотлари сонининг ортиши педагогларга танлаш имкониятини кенгайтириш баробарида соҳада соғлом рақобат муҳитини шаклланишига хизмат қилади.

Эслатиб ўтамиз, ходимдан қаерда малака оширишидан қатъий назар, жорий йил учун белгиланган кредит балларини йиғиш талаб қилинади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
669 views10:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:30:32
90 foiz oʻqituvchilar attestatsiyadagi yangi tartibni ijobiy baholashgan

18 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etgan soʻrovnomadagi “Siz faoliyat olib borayotgan taʼlim tashkilotida «pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash” (20 ballik maʼlumotnoma berish) ishlarini qanday baholaysiz?» degan savolga ishtirokchilarning 90 foizi ijobiy (aʼlo, yaxshi, qoniqarli) deb javob bergan.

Taʼlim inspeksiyasi pedagoglar fikrini oʻrgangan holda attestatsiya jarayonlarini takomillashtirishda davom etadi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4605

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
666 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:22:18 Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestasiyaga jalb qilinmaydi.

Savol:
Men Xorazm viloyati, Xonqa tumanidanman.Fizika fani o'qituvchisiman. Hozirda vaqtincha ishsizman. Navbatdan tashqari attestasiyadan o'tmoqchi edim. Onlayn ariza berib, attestasiyada ishtirok etsam bo'ladimi?

Javob: Afsuski, mumkin emas. Nizomning 1 bandi: Ushbu Nizom davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari (keyingi o'rinlarda — ta'lim tashkilotlari) pedagog kadrlarini (keyingi o'rinlarda — pedagog kadrlar) attestasiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.

P.S. Malaka toifasi olish uchun o'tkazildigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, ta'lim tashkilotida asosiy yoki o'rindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan bo'lishi kerak!
Manba: pedkadr.tdi.uz
774 views07:22
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:30:29
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
74%
Kserokopiya
26%
Kserakopiya
250 voters802 views06:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:26:46
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Одил Каландарович Абдурахманов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди. У бунгача Тошкент давлат транспорт университети ректори лавозимини эгаллаб келаётган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Абдурахманов Одил Каландарович назначен на должность советника Президента по вопросам молодежи, науки, образования, здравоохранения, культуры и спорта. До этого он занимал должность ректора Ташкентского государственного транспортного университета.

Facebook|Instagram|Twitter
625 views06:26
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:35:27 Eng yaxshi o'qituvchi bo'lishning to'rtta oddiy usuli:

1) O'zingizga g'amxo'rlik qiling!

Sizning o'quvchilaringiz sog'lom bo'lishingizga muhtoj. O'zingizni e'tiborsiz qoldirish sizni faqat kasal bo'lib qolishga olib keladi. Bunga yo'l qo'ymang - o'qituvchilarning ishtiroki juda muhimdir.

2) Ishlaringizni "analiz" qiling!

Har kuni oxirida bir necha daqiqa vaqt ajratib, nima yaxshi o'tgani, nima yaxshi bo'lmaganligi va kelajakda nima qilishingizni o'ylab ko'ring.

3) Ijobiy narsalarga e'tibor bering!

O'quvchilarni yaxshi xulq-atvori, mehnatsevarligi va yuqori muvaffaqiyatlari uchun maqtang!

4) Boshqa tilni o'rganing!

Ikkinchi tilni bilish o'quvchilarga mavzuni yanada chuqqurroq tushuntirib bera olish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Yaxshi o'qituvchi bo'lish bir kecha-kunduzda sodir bo'lmaydi, ammo bu 4 ta qadam sizga yordam berishi mumkin - ular oddiy bo'lib tuyulishi mumkin, ammo ular sizni yaxshi o'qituvchi sifatida rivojlanishingizga yordam beradi.
1.1K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:05:51
#DIQQAT DIQQAT!!!

Xalq ta’limi pedagoglari diqqatiga!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4963-sonli (https://lex.uz/docs/5239538)va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 17- yanvardagi 25-sonli (https://lex.uz/docs/5828765) qarorlariga muvofiq, xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar uzluksiz har yili yil davomida o‘z malakalarini oshirib borishlari belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, fan o‘qituvchilari uchun Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta’lim" maxsus elektron platformasi orqali onlayn malaka oshirish kurslari 2022-yil yanvar-may oylarida bosqichma-bosqich joriy etildi.

Shuningdek, oflayn shaklda barcha hududiy malaka oshirish markazlarida ham tashkil etilmoqda.

Pedagog ustozlarga 2022- yilning 31- dekabr sanasiga qadar belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarida qatnashishlari hamda sertifikat olishlari lozimligini eslatib o‘tamiz!
909 views05:05
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:34:27 Salom, qadrli obunachilar!

Bugun sizlarga biror narsa o’rgatish uchun emas, balki til o’rganishga sizni yanada ilhomlantirish uchun bu postni yozyapman.

Til o’rganish uzoq va mashaqqatli sayohat. Bu jarayonda o’zi ko’zlagandek tilni mukammal o’rganish maqsadiga hamma ham erisha olmydi. Har kuni yuzlab kishilar til o’rganishga qaror qilishadi yoki minglab odamlar o’zlari qachonlardir oxirigacha olib bora olmagan til o’rganish jarayoni yana qayta boshlashga ahd qilishadi.

Nega bunday? Nega til o’rganish jarayonini muntazam olib borish qiyin? Biz nimani ko’zdan qochiryapmiz yoki nimani noto’g’ri qilyapmiz?

Chunki biz tilni zerikarli va murakkab usulda o’rganamiz. Bizning miyamiz odatda qiyin va qiziqarsiz narsalarni rad etadi. Biz miyamizni yangi til o’rganishga qiziqtirish uchun boshqacha usullarni topishimiz kerak.

Til bu aniq fan emas. U xuddi fizika yoki matematikaga o’xshab miyani holdan toydiradigan darajadagi soatlab aqliy mehnatni talab qilmaydi. Til fikrlarni ifodalash va almashish vositasidir. Siz tilni aniq fan kabi o’rganishingiz shart emas. Shunchaki kunlik qiladigan yumushlaringizni ingliz tilida bajaring. Masalan, kunlik rejalarni, kundalik yoki eslatmalarni ingliz tilida yozing.

Eng yaxshi usul bu sevimli mashg’ulotingiz bilan ingliz tilida shug’ullaning. Balki siz texnologiya yoki mashinalarga qiziqarsiz, balkim taom tayyorlash yoki moda sizning jonu-dilingizdir. Nimaga qiziqsangiz ham, uni ingliz tilida bajaring. Bizning avlodimiz juda omadli, chunki bizda Internet bor. Internetda ingliz tilida turli sohalarga oid ma’lumotlar ummondek toshib yotibdi. Qiziqishingizni qondirish uchun, ingliz tilida Youtubeda videolar ko’ring, maqolayu kitoblar o’qing, turli muhokama guruhlariga qo’shiling.

Unutmang, o’rganish har doim ham zerikarli va bo’yoqsiz bo’lmaydi; u bir vaqtning o’zida ham yoqimli ham foydali bo’lishi mumkin. Til o’rganishni qiziqishlaringiz bilan qorishtiring. Shundagina, vaqtingizni chog’ o’tkazib, o’zingiz sezmagan holda til o’rgana boshlaysiz.

Marina Mogilko kitobidan ilhomlanib yozildi.
395 views08:34
Ochish/sharhlash