Get Mystery Box with random crypto!

Har bir shaxs kimgadir yuragi tubidagi hissiyotlarni chiqarib | Sakinat maskani | Oila maskani haqida

Har bir shaxs kimgadir yuragi tubidagi hissiyotlarni chiqarib turishi kerak. Hissiyotlarni doimiy qalbga ko‘mib, chiqarmasdan to‘plab yutish tavsiya qilinmaydi, buni oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi. Ishonchli do‘st, ishonchli yaqiningiz bo‘lsa albatta unga qalbingizdagilarni ochib turing.

Shu o‘rinda ko‘p ayollar o‘ziga eng yaqin bilgan jufti-halollariga yuragini ochgisi, salbiy va ijobiy kunlik kechirgan hissiyotlarini aytib bergisi keladi. Ammo erkaklarda doim ham eshitishga qunt, sabr bo‘lmasligi mumkin. Olimlarning aynan bu masalada erkaklarga tavsiyasi bor – eng kamida 20 daqiqa har kuni ayolingizga "qulog‘ingizni" ajrating. U ichidagini aytib olishiga imkon bering, agar sizga sog‘lom ayol kerak bo‘lsa. Va hech qanday maslahatlarsiz uni eshiting. Agar ayolning aytilmagan hissiyotlari to‘planib boraversa u bora-bora agressiv, jahldor ayolga aylanib boraveradi. Va ayniqsa ayol uyda o‘tirsa, ishlamasa, izlanmasa, demakki shubhasiz u eriga to‘la-to‘kis bog‘lanib qolganidan darak beradi
.

@sakinat_maskani