Get Mystery Box with random crypto!

Sahobalar hayoti

Telegram kanalining logotibi sahobalar_hayotidan_lavhalar1 — Sahobalar hayoti S
Telegram kanalining logotibi sahobalar_hayotidan_lavhalar1 — Sahobalar hayoti
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-06-18 06:04:10 Quraysh mushriklarining Rosululloh sollallohu alayhi va sallam va as'hobi kiromlarga qarshi tutgan mavqiflari nihoyatda shiddatli tus olganda, Alloh taolo musulmonlarga hijrat qilish uchun izn berdi. Abdulloh birinchilardan bo’lib dinini asrab qolish maqsadida vatanidan mosuvo tushdi. U va Mus’ab ibn Umayr Madinaga kelgan eng avvalgi sahobalar edilar. Ikki muhojir Yasribga yetib kelishlari bilanoq, ularga Qur’on oyatlarini o’rgatishga, Allohning dinini tushuntirishga kirishib ketishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hijrat diyoriga kelganlaridan so’ng Abdulloh ibn Ummi Maktum va Bilol ibn Rabohni musulmonlar uchun muazzin etib tayinladilar. Ular har kuni besh mahal tavhid kalimasini e’lon qiladigan, odamlarni eng xayrli amalga chaqiradigan, najot sari chorlaydigan bo’lishdi. Bilol azon aytsa, Abdulloh namozga iqomat tushirar, gohida o’rinlarini almashishardi. Ramazon oyida ular boshqacharoq ish tutishardi. Madina musulmonlari birining azoni bilan saharlikka tursalar, boshqasining azonida tamaddidan to’xtashardi. Bilol tunda azon aytib, odamlarni uyg’otar, ibn Ummi Maktum fajrni kutib turar, tong otishi hamono xalqni bundan ogoh etardi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir necha bor safarga chiqqanlarida Abdullohni Madinaga noib qilib, tashlab ketganlari unga nisbatan qanchalik e’tibor nazari bilan qaraganliklariga dalildir.

Хususan, Fathi Makka jihodi paytida ham Madina voliysi Ummu Maktumning ko’zi a’mo o’g’li edi.
Badr g’azotidan keyin Alloh taolo jihodga rag’batni kuchaytirib, uyda o’tirib olishdan nafratlantirish uchun mujohidlarning sha’nini yuksakka ko’taradigan, ularni boshqalardan afzalligini ko’rsatadigan oyatlarni nozil qildi. Bundan ibn Ummi Maktum qattiq ta’sirlandi. Shundoq ulug’ maqomdan mahrumligidan iztirob chekib:
— Yo Rasululloh; agar qodir bo’lsam, albatta, jihodga chiqqan bo’lardim, - dedi.
So’ng butun qalbi bilan Allohga yuzlanib, uning va unga o’xshagan uzrlari sababli jihodga chiqa olmaydiganlarning sha’nida oyat tushirishini iltijo qilib so’radi: "Yo Alloh, mening uzrimni bayon et... uzrimni bayon et".
Alloh azza va jalla sodiq qulining duosini darhol mustajob ayladi.
4 views03:04
Ochish/sharhlash
2023-05-14 16:16:16 Abdulloh ibn Ummi Maktum asli makkalik, qurayshiylardan, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan qarindoshligi bor — ummul mo’minin Хadicha binti Хuvaylidning tog’avachchasi. Otasi — Qays ibn Zaid, onasining ismi Otika binti Abdulloh. Bu ayolning Ummu…
30 views13:16
Ochish/sharhlash
2023-05-05 05:25:39
#Жума_муборак

Энг яқин инсоним, ЖУМА муборак бўлсин!

Бугун шундай Жума бўлсинки:
Афв этилмаган БАНДА;
Қабул бўлмаган ДУО;
Даф бўлмаган БАЛО;
Шифо топмаган ХАСТА;
Ҳузур топмаган ҚАЛБ;
АЛЛОҲ демаган ТИЛ қолмасин!

Яқинларни биринчилардан бўлиб табриклашни унутманг!


𖤓➣ @Umidim_Allah 𖤓
21 views02:25
Ochish/sharhlash
2023-05-04 07:01:31 Abdulloh ibn Ummi Maktum asli makkalik, qurayshiylardan, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan qarindoshligi bor — ummul mo’minin Хadicha binti Хuvaylidning tog’avachchasi. Otasi — Qays ibn Zaid, onasining ismi Otika binti Abdulloh. Bu ayolning Ummu Maktum (ummu — ona, maktum — berkitilgan) deb atalishiga sabab, — farzandi Abdullohni ko’zi ko’r holatda tuqqan.

Makkada porlagan hidoyat nurining ilk shu’lalaridan biri Abdulloh ibn Ummi Maktumning qalbini yoritdi. U islomni peshqadamlar safida qabul qildi. Ibn Ummi Maktum Makka musulmonlari duchor bo’lgan barcha qiyinchilik va mushkulotlarni boshidan kechirdi. Safdosh birodarlari qatori bu og’ir imtihonni sabru bardosh, sabot va matonat bilan qarshi oldi. Quraysh kofirlari as'hoblarga yetkazgan turli-tuman aziyatlar, ularga nisbatan qo’llagan ko’z ko’rib, quloq eshitmagan qiynoqlar Abdullohni ham chetlab o’tmadi, ammo u asl iymon sohiblariga xos ravishda dovdirab qolmadi, irodasi bukilmadi, iymoni zarracha zaiflashmadi. Balki Allohning dinini qat'iyroq tutdi, Robbisining kitobiga mahkamroq yopishdi, Yaratguvchisi yuborgan shariatni chuqurroq tushunadigan bo’ldi va butun olamlar sayyidiga yanada muhabbati ortdi.

U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbatan shunchalik zo’r muhabbatli, Qur’oni Karimni yodlashga haris ediki, har bir daqiqasini g’animat bilardi, qulay fursat kelib qolsa, albatta, undan unumli foydalanardi. Hatto ba’zan Payg’ambar alayhissalomning boshqalarga ajratadigan vaqtini ham o’ziniki qilib olgisi kelardi...
Ma’lum muddat Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asosiy da’vat e’tiborini Quraysh oqsoqollariga qaratib, ularni iymonga kelib qolishlari umidida ko’p harakat qildilar. Bir kuni Utba ibn Rabia, uning birodari Shayba ibn Rabia, Abu Jahl deb kunyalangan Amr ibn Хishom, Umayya ibn Хalaf, "Allohning qilichi" Хolidning otasi Valid ibn Mug’iyralarning jamoatiga borib, ular bilan suhbatlashdilar, muzokara olib bordilar, islomga chaqirdilar. Ul Zot suhbatdoshlari da’vatni qabul qilishlaridan, jilla qursa, sahobalarga yetkazayotgan aziyatlarini to’xtatishidan umidvor edilar.
Shu payt Abdulloh ibn Ummi Maktum
"Yo Rasululloh, Alloh sizga bildirgan narsalardan menga ham o’rgating",
deb kelib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qoshlarini chimirib, yuzlarini burib oldilar va Quraysh zodagonlariga so’zlashda davom etdilar. Chunki o’rtaga tikilgan narsa nihoyatda muhim edi — agar ular islomga kirsalar, Allohning dini kuchayar, Rasulining da’vati quvvatlanardi.
19 views04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:55:34 Sahobalar hayoti pinned «ABDULLOH IBN UMMU MAKTUM #abdullohibnummumaktum»
03:55
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:55:30 ABDULLOH IBN UMMU MAKTUM


#abdullohibnummumaktum
15 views03:55
Ochish/sharhlash
2023-05-03 08:20:14 Kim sababli Payg’ambar alayhissalom yetti osmon tepasidan tanbeh va dakki eshitganini bilasizmi? Kim haqida Jabroil Amin Alloh taolo tarafidan olijanob Payg’ambarning qalbiga vahiy olib tushgan?
13 views05:20
Ochish/sharhlash
2023-05-03 07:22:09 Kim sababli Payg’ambar alayhissalom yetti osmon tepasidan tanbeh va dakki eshitganini bilasizmi? Kim haqida Jabroil Amin Alloh taolo tarafidan olijanob Payg’ambarning qalbiga vahiy olib tushgan?
48 views04:22
Ochish/sharhlash
2023-04-27 01:47:47 Abdulloh ibn Umarning sahiyligi, zuhdi-taqvosi hecham uni tark etmasdi. U nihoyatda ko‘p ehson qilar edi. Bu sahiylik uni faqir kishilar qatoriga qo‘shib qo‘yishi mumkinligidan sira qo‘rqmas edi. Buning sababi, u o‘ta zohidlardan bo‘lganligidir. Ibn Umar tijorat bilan shug‘ullanadigan, tijorati doim foyda keltiradigan, o‘ziga to‘q sahobiylardan bo‘lgandi. Unga baytul moldan tayin qilingan maosh ham juda ko‘p edi. Ammo ibn Umar bu maoshning bir dirhamini ham o‘ziga olib qolmay, miskin, faqir va muhtojlarga taqsim qilardi.

Abdulloh ibn Umarning buyuk xislatlaridan birini bizga Ayyub ibn Voil Ar-Rasabiy hikoya qilib beradi:

“Bir kuni baytul moldan ibn Umarga 4 ming dirham maosh bilan bir qancha duxoba mato keltirildi. Ertasi kuni men uni bozordan oti uchun somonni qarzga olayatganini ko‘rdim. Darhol uning uyiga borib, ahlidan:

“Axir kecha ibn Umarga 4 ming dirham bilan bir qancha duxoba mato kelmagan edimi?”- deb so‘radim.

Ular menga:

“Ha, shunday bo‘lgan edi” — deb javob qilishdi.

Men esa, taajjublanib:

“Bugun uni bozordan otiga yemni qarzga olayatganini ko‘rdim!” — dedim.

Ular dedilar:

“U zot barcha pullarni tarqatib yubormaguncha uyquga yotmadilar. So‘ngra duxoba matoni yelkalariga ortib ko‘chaga chiqib ketdilar. Qaytib kelganlarida, mato yo‘q edi. Biz u kishidan mato haqida so‘rasak, faqir va miskinlarga tarqatib yuborganliklarini aytdilar”.

Shu payt men hayratga tushib, kaftlarimni bir-biriga urib, bozor tomonga yugurib ketdim. Bozorga borgach, bir tepalikka chiqib:

“Ey tijoratchilar, ko‘zingiz qayoqda, mana ibn Umarga baytul moldan 4ming dirham pul kelgan edi, U esa pullarni barchasini miskinlarga tarqatib yuborib, oti uchun pichanni qarzga sotib olayapti!” — deb qichqirdim”.. .

Ha ... U zotning ustozi Muhammad sollallohu alayhi vassalam, otasi esa Umar ibn Xattob r.a. edilar. Shuning uchun unga bundan o‘zgasi munosib ham emasdi.
5 views22:47
Ochish/sharhlash
2023-04-27 01:46:00 Fatvo berayotganda ijtihod qilib, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqar edi. Ibn Umar mujtahid olim ijtihod qilib xato qilsa, bir ajr, agarda xato qilmasdan to‘g‘ri fatvo bersa, ikki ajrga ega bo‘lishini bilishligiga qaramay, uning taqvosi fatvo berishga bo‘lgan jur’atini…
6 views22:46
Ochish/sharhlash