Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 93.53K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-17 09:53:54 #yangiliklar

Biologiya va Musiqa madaniyati fanlari o'qituvchilari diqqatiga!


Biologiya va Musiqa madaniyati fanlari bo'yicha onlayn malaka oshirish kurslariga start berilishi kutilmoqda.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
12.6K views06:53
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:19:43 #yangiliklar

Namanganda milliy gvardiya va maktab o'quvchilari o'rtasida yana bir mojaro

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi maktabda Milliy gvardiya xodimi oʻquvchilar tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

Milliy gvardiyaning ma'lum qilishicha, holat 15-may kuni soat 11:50 larda Namangan shahridagi 37-maktabda sobir boʻlgan. Darsni tashlab maktabdan chiqmoqchi boʻlgan 11-sinf oʻquvchisi qoʻriqchi toʻxtatgan va sababini soʻragan.

Oʻquvchi maktab qorovulining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, uni haqorat qilib, kuch ishlatadi. Shundan soʻng, maktab qorovuli ham oʻzini himoya qilish maqsadida o'quvchiga nisbatan kuch ishlatishga majbur boʻlgan.

Holat boʻyicha oʻquvchilarning ota-onalari Ichki ishlar boʻlimiga chaqirtirilgan hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
12.4K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-05-17 07:53:25 #yangiliklar

Bugun kimlar attestatsiyada ishtirok etadi?

17-may kuni Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya hamda Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari shuningdek, umumta'lim maktablarining oʻqituvchi-logopedlari va oʻqituvchi-defektologlari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
11.9K views04:53
Ochish/sharhlash
2024-05-17 07:17:04 #yangiliklar

Informatika fani o'qituvchilari attestatsiya testini qayta topshirishadi

Vazirlik mas'ul xodimi Sardor Raximboyev barcha pedagoglarning murojaatini inobatga olgan holda, attestatsiyada 15-aprel kuni ishtirok etgan informatika fani o'qituvchilari qayta test topshirishi mumkinligini ma'lum qildi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
13.6K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:36:25 #yangiliklar

11-sinflar uchun so'nggi imtihon sanasi 12-iyunda bo'lib o'tadi. 11-sinflar uchun 4 ta fandan birini tanlash imkoniyati beriladi. (4 ta tanlov fan)

Bundan maqsad o'quvchilarning kirish imtihonlariga tayyorgarligi oshirish ekanligi aytildi.

Bu yilda 11-sinflar uchun davlat tili imtihoni ixtiyoriy, lekin keyingi yildan majburiy bo'ladi. 12-iyunda o'tkaziladi.

Xorijiy tildan B1 va umumta'lim fanlaridan milliy sertifikati bo'lgan o'quvchilar imtihondan ozod qilinishlari mumkin.

2025-2026 yilgi o'quv yilidan o'quvchilarning imtihon javoblari maxsus platforma orqali tekshirish yo'lga qo'yiladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
15.8K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:13:54 #yangiliklar

Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqotda aytilishicha:

Endilikda barcha imtihonlar yozma va amaliy shaklda o'tadi.

Barcha bitiruvchilar davlat tilidan imtihon topshirishi majburiy bo'ladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
12.6K views07:13
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:06:05 #yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

Muloqotni jonli efirda kuzating.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
13.8K views07:06
Ochish/sharhlash
2024-05-16 09:59:58
#yangi_bilim_olamiz

O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.

Ko‘pchilik obunachilarimiz LOTOREYA so‘zini ham to‘g‘ri yozilgan deb o‘ylashibdi. Izohli lug‘atda LOTEREYA shaklida yozilgan.
To‘g‘ri javob esa shoxobcha so‘zi edi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
11.0K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:35:37 #xabarlar

16-17 may kunlari malaka (test) sinovlarda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya hamda Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
13.7K views05:35
Ochish/sharhlash
2024-05-15 17:49:05 #ustama

Vazir jamgʻarmasi hisobida ustama oladigan pedagoglar ro'yxati e'lon qilindi


Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida o'tkazilgan ikki bosqichli tanlov jarayonlari yakunlandi.

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.


Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
16.4K views14:49
Ochish/sharhlash