Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 96.50K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-12-21 19:10:41
Rossiya elchisi TIVga taklif etildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
20.3K views16:10
Ochish/sharhlash
2023-12-21 08:13:49
NASA чуқур фазодан биринчи жуда юқори аниқликдаги видеони узатди

Ўйнаётган мушук видеоси 13 октябрь куни SpaceX Falcon Heavy ракетасида учирилган «Психея» космик кемасига олдиндан юкланган.

Ролик 11 декабрь куни лазер ёрдамида деярли 31 млн км масофадан Ерга узатилди — бу Ердан Ойгача бўлган масофадан 80 баравар кўп.

NASA'да лазер ёрдамида узатилган видео оқими келажакдаги инсоний миссияларни Ер орбитасидан ташқарида амалга ошириш имконини берувчи муҳим босқич сифатида баҳоланмоқда.
29.8K views05:13
Ochish/sharhlash
2023-12-21 07:44:01 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring:
https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
29.2K viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2023-12-16 11:43:46 #yangiliklar

Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok etamagan pedagoglar qayta test topshirishi mumkin

Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Diagnostika testida ishtirok etamagan pedagoglar quyidagi sanalarda test topshirishi mumkin:

18-dekabr kuni

Fizika
Matematika
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Informatika va axborot texnologiyalari
Tarix
Davlat va huquq asoslari
Musiqa madaniyati
Tasviriy san’at va chizmachilik
Texnologiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Tarbiya
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
Boshlang‘ich ta’lim


19-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Davlat (o‘zbek) tili
Davlat (qoraqalpoq) tili
Kimyo
Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
Biologiya
Geografiya
28.1K viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash
2023-12-15 18:34:02
#metodik_tavsiya

Mana shunday xatcho'plarni o'quvchilaringizga tavsiya qiling. O'zingiz uchun ham yasashingiz mumkin.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
24.5K views15:34
Ochish/sharhlash
2023-12-15 17:33:11
Ustozlar uchun 7 kunlik BEPUL onlayn metodik chellenj.

O’zbekistonda 44% ustozlar shovqinli sinfdan qiynalishar ekan. Darsingizda o’quvchilaringiz shovqin ko’tarib asablaringizni charchatdimi?

Shovqinli sinfni osongina tinchlantirib darsingizga qiziqtirib qo'yishni va maktabingizda o'quvchilarning eng yaxshi ko'rgan sevimli ustozi bo'lishni xohlaysizmi?

Men sizlar uchun 7 kunlik BEPUL onlayn Metodik chellenj tashkil qilayapman. Bu chellenj orqali 7 kun davomida har kuni interaktiv metodlar va o'quvchilarni darsga qiziqtiruvchi usullarni o'rgatib boraman.

7 kunlik Metodik chellenjga BEPUL ro'yxatdan o'tishning bugun oxirgi kuni.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola ustiga bosing.

https://t.me/+T7AtWfeiKAEwZDFi
https://t.me/+T7AtWfeiKAEwZDFi
24.0K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-12-13 10:10:52
#LMS_haqida

Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

Hurmatli pedagog xodimlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

Videoyo'riqnoma: https://t.me/video_yoriqnoma/64

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
16.5K views07:10
Ochish/sharhlash
2023-12-13 10:10:51
#yangiliklar
Pedagoglar uchun yana bir qulaylik

Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidan ro'yxatdan o'tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi

Xabaringiz bor, yaqin kunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmaganligi bois tinglovchilarning ma’lumotlari mutaxassislar tomonidan tekshirilib, faollashtirildi. Bu esa, ma'lum vaqt talab qilib, ustozlarning malaka oshirish jarayonini boshlashini cho'zilishiga sabab bo'layotgan hamda pedagog xodimlarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan edi.

Endilikda "Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi hukumatning One ID – Yagona identifikatsiya tizimi bilan to'liq integratsiya qilindi. Bu esa roʻyxatdan oʻtgan va oʻzi haqidagi ma’lumotlarni toʻliq kiritgan tinglovchilarning akkauntlarini avtomatik tarzda faollashtirish imkonini beradi.

Endi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, akkauntingizni faollashtirish uchun institutning Onlinedu.uz/Rasmiy 24/7 сhatiga murojaat qilib, soatlab kutishingiz shart emas.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |
15.0K views07:10
Ochish/sharhlash
2023-12-13 09:21:50 #yangiliklar

TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar

2023-yil 13-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan “Educational Testing Service – ETS Global” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.

Unda Bilimni baholash agentligi va ETS Global tashkiloti mutaxassislari tomonidan TOEFL imtihonlari formati, imtihonga tayyorlanish uchun materiallar va natijalarning hisoblanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.

Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://etsglobal.clickmeeting.com/toefl-ibt-test-your-ultimate-guide/register

Vebinar 2023-yil 13-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Diqqat! Vebinar ishtirokchilariga TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun chegirma beriladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
18.5K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-12-13 08:12:27 #kulgu_time

Ustoz:
Assalom aleykum! Men o'g'lingizni o'qituvchisiman. O'g'lingizni xulqi juda yomon. Shunga vaqt topib maktabga kelib keting.

Ona:
O'g'limni xulqi uyda ham yomon. Lekin sizlarni biror marta uyga chaqirmadimku, - dermish

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
28.6K views05:12
Ochish/sharhlash