Get Mystery Box with random crypto!

Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Telegram kanalining logotibi qumqorgonews — Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov
Kanal manzili: @qumqorgonews
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 40.34K
Kanalning ta’rifi

XABARLAR, TANQIDLAR, BIR OZ YUMOR!
Reklama: https://t.me/Qyreklama
998 95 211 24 85
🤝Takliflar va murojaatlar uchun @Qumqorgonbot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 406

2022-05-02 04:41:43
Hayit namozi ado etildi

2-video

@QUMQORGONEWS
11.3K viewsAzamat Muradov, 01:41
Ochish/sharhlash
2022-05-02 03:57:23
Qumqo‘rg‘on tumani shoh Mashrab jome masjitida Hayit namozi boshlanish arafasida.

Barcha qumqo‘rg‘onliklarga bayram muborak bo‘lsin!

@QUMQORGONEWS
957 viewsAzamat Muradov, 00:57
Ochish/sharhlash
2022-05-01 20:57:24 ​​Hayvondan battar "hayvon"lar!

Dunyo yaratilibdiki, tabiat oʻziga xos zanjirga ega. Ushbu zanjirni, siz ham, men ham uza olmaymiz. Insoniyat, hayvonot olami va tabiat oʻzaro chambarchas bogʻliq.

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir tumanda ayiq bolasi oʻldirildi, qayerdadir tovusning patini yulib olishdi kabi xabarlar koʻpayib ketdi. Bugun ham dilni xira qiladigan video ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda. Videoda Andijonda bir fuqaro tovuqlarini oʻgʻirlab yeb ketayotgan bir tulkining oyogʻini sindirib, kesib tashlagani aks etgan.

Buni vaxshiylikdan boshqa soʻz bilan atash mumkinmi? Xalqimiz nega hayvonlarni oʻldirishni "sevishadi"? Ularni oʻldirib yoki ularga jarohat yetkazib, tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga chiqib, xuddiki dunyo ahamiyatiga molik ish qilgandek maqtanib gapirishadi. Biz nega tabiat zanjirini uzishga harakat qilamiz? Biz odamlarga hayvonlarni oʻldirish huquqini kim berdi? Ayiq bolasining oʻlimi haqidagi xabarni eshitganimizdan soʻng, endigina unutib oʻzimizga kela boshlaganimizda, bugun tulki voqeasi yarasi bitmagan yuragimizga yana xanjar sanchdi.

Madaniyat nafaqat bir birimizni hurmat qilish, balki, oʻsimliklarni, hayvonot olamini, jamiki tabiatni hurmat qilishdir. Dunyoda insonlar va hayvonlarning oʻrni almashib qolayotgandek. Tabiat zanjirida, hayvonlar hayvonlarni oʻldirishi mumkin. Demak, ushbu insonlarni ham "hayvon" deb atasak boʻladi.

Qumqo‘rg‘on Yangiliklari uchun maxsus: Ibrohimbek Ergashev

@QUMQORGONEWS
6.6K viewskanalimuchun1, edited  17:57
Ochish/sharhlash
2022-05-01 19:43:04
Bir taklif

"9-may Xotira va qadrlash bayrami" arafasida Bog‘aro mahallasidagi ushbu Afg‘oniston urushida xalok bo‘lgan askar xotira manumentiga ozroq e'tibor beraylik.

@QUMQORGONEWS
7.9K viewsAzamat Muradov, 16:43
Ochish/sharhlash
2022-05-01 18:51:04
"Qumqo‘rg‘on -1977" "Do‘stlik" uchrashuvida o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi Sanjar Axmedovga "Qumqo‘rg‘on Bek Agro Klaster" rahbari Zafar Ergashev televizor bilan rag‘batlantirdi.

@QUMQORGONEWS
8.4K viewsAzamat Muradov, edited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-05-01 18:15:40
Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Qumqoʻrgʻon, Bandixon va Boysun tumanlarining boshqaruv organlari, "Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi. Ushbu oʻquv mashqlarida tumanimizning "Surxon parmalash ishlari" AJ jamoasi jamoaviy faolligi va koʻnikmalari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib, faol ishtirok etganligi uchun TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yaqinda "Surxon parmalash ishlari" AJ rahbariyatida oʻzgarish boʻldi.

2022-yil 1-aprel kuni "Surxon parmalash ishlari" AJ kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish yakunida kuzatuv kengashi qaroriga koʻra "Surxon parmalash ishlari" AJ direktori etib Gaffarov Bahrom Bahodirovich tayinlandi.

@QUMQORGONEWS
8.6K viewsAzamat Muradov, 15:15
Ochish/sharhlash
2022-05-01 17:48:24
DIQQAT QIDIRUV.

Ushbu shaxslarni ko‘rgan bilganlar bo‘lsa Qumqo‘rg‘on tumani Ichki Ishlar bo‘limi ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz.

764652345

@QUMQORGONEWS
9.2K viewsAzamat Muradov, 14:48
Ochish/sharhlash
2022-05-01 17:46:12
Jummayeva Tojixon ayamizni bugungi 58 yosh shukrona kuni bilan Turmush òrtoģi Ibroxim aka va farzandlari kelinlari barcha yaqin singillari tabriklaydi ollohdan fayzli barakali uzoq umur farzandlaring baxtu kamolini kòrishligini tilab qolamiz.

@QUMQORGONEWS
8.2K viewsAzamat Muradov, 14:46
Ochish/sharhlash
2022-05-01 15:43:33
Qumqo'rg'on 1977 jamoasi madxiyasi.

She'r muallifi: Shoir Javoxir Musaxon

Madxiyani Ajoyib xushovoz san'atkor Shavkat Xoliqov kuyladi.

Sevimli jamoamizga omad xamisha yor bo'lsin.
OLG'A QUMQO'RG'ON....!

Keyingi o‘yinlarda muxlislar ushbu madxiyani birgalikda jo‘r bo‘lib kuylashadi degan umiddamiz

@QUMQORGONEWS
9.0K viewsAzamat Muradov, 12:43
Ochish/sharhlash
2022-05-01 15:31:22
Jasiminaxon qizijonim tavalud kuning bilan tabriklaymiz buvijoning Gulinora tog'ang Otabek onajoning Zarnigor kelinoyisi xolajonlari bulalari nomidan chin qalbimizdan tabriklayimiz iloxim 100 ga kirgin umring uzoq bulsin nasib katta qiz bulgin nimaki orzularing bulsa bari amalga oshsin barcha oyla azolaring nomidan yana bir bor tabriklaymiz.
8.6K viewsAzamat Muradov, 12:31
Ochish/sharhlash