Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Qumqoʻrgʻon, Bandixon va Boy | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Qumqoʻrgʻon, Bandixon va Boysun tumanlarining boshqaruv organlari, "Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi. Ushbu oʻquv mashqlarida tumanimizning "Surxon parmalash ishlari" AJ jamoasi jamoaviy faolligi va koʻnikmalari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib, faol ishtirok etganligi uchun TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yaqinda "Surxon parmalash ishlari" AJ rahbariyatida oʻzgarish boʻldi.

2022-yil 1-aprel kuni "Surxon parmalash ishlari" AJ kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish yakunida kuzatuv kengashi qaroriga koʻra "Surxon parmalash ishlari" AJ direktori etib Gaffarov Bahrom Bahodirovich tayinlandi.

@QUMQORGONEWS