Get Mystery Box with random crypto!

​​Hayvondan battar 'hayvon'lar! Dunyo yaratilibdiki, tabiat o | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

​​Hayvondan battar "hayvon"lar!

Dunyo yaratilibdiki, tabiat oʻziga xos zanjirga ega. Ushbu zanjirni, siz ham, men ham uza olmaymiz. Insoniyat, hayvonot olami va tabiat oʻzaro chambarchas bogʻliq.

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir tumanda ayiq bolasi oʻldirildi, qayerdadir tovusning patini yulib olishdi kabi xabarlar koʻpayib ketdi. Bugun ham dilni xira qiladigan video ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda. Videoda Andijonda bir fuqaro tovuqlarini oʻgʻirlab yeb ketayotgan bir tulkining oyogʻini sindirib, kesib tashlagani aks etgan.

Buni vaxshiylikdan boshqa soʻz bilan atash mumkinmi? Xalqimiz nega hayvonlarni oʻldirishni "sevishadi"? Ularni oʻldirib yoki ularga jarohat yetkazib, tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga chiqib, xuddiki dunyo ahamiyatiga molik ish qilgandek maqtanib gapirishadi. Biz nega tabiat zanjirini uzishga harakat qilamiz? Biz odamlarga hayvonlarni oʻldirish huquqini kim berdi? Ayiq bolasining oʻlimi haqidagi xabarni eshitganimizdan soʻng, endigina unutib oʻzimizga kela boshlaganimizda, bugun tulki voqeasi yarasi bitmagan yuragimizga yana xanjar sanchdi.

Madaniyat nafaqat bir birimizni hurmat qilish, balki, oʻsimliklarni, hayvonot olamini, jamiki tabiatni hurmat qilishdir. Dunyoda insonlar va hayvonlarning oʻrni almashib qolayotgandek. Tabiat zanjirida, hayvonlar hayvonlarni oʻldirishi mumkin. Demak, ushbu insonlarni ham "hayvon" deb atasak boʻladi.

Qumqo‘rg‘on Yangiliklari uchun maxsus: Ibrohimbek Ergashev

@QUMQORGONEWS