Get Mystery Box with random crypto!

​​Bilasiz XXI asr odamlari nisbatan stress va depressiyaga mo | QOG'OZ QASR

​​Bilasiz XXI asr odamlari nisbatan stress va depressiyaga moyillar. Bugun Melanxoliklar va ularnning xususiyatlari haqida yozmoqchiman:

Ular kuchli xursandchilikni his qilishlari biroq shu onda biror kichik salbiy narsa yuz bersa kayfiyatlari tezda g’amginlik bilan almashinishi mumkin. Kayfiyat borasida ular juda beqarordirlar.
Melanxoliklar mukammallikga intiladilar (perfectionist) va o’zlari uchun nihoyatda yuqori standartlarni qo’yadilar agarda natija ular kutganidek bo’lmasa g’azablanadilar.
Ular juda sadoqatli insonlar bo’lib, o’zlari ishongan odamlarga bemalol ko’ngillarini ochadilar va ko’pincha bir umrlik do’st bo’lib qoladilar. Biroq do’st tanlashda o’ta talabchanlar.
Tasavvur qilish qobilyati juda yaxshi rivojlangan bo’lib, ijodkorlikka moyil shaxsdirlar.
His qilish qobilyatlari esa yuqori bo’lib, boshqalarning ham g’amlari sabab tushkunlikka tushib qoladilar.
Ular nimalarga qodir va nimaga erisha olmasliklarini yaxshi bilishadi.
Bahslarni yaxshi ko’rishadi biroq mag’lubiyat ularni tushkunlikka tushirib qo’yadi, ko’pincha mag’lubiyatni qabul qilolmaydilar.
Tanqidlarni qabul qiladilar biroq qattiq ta’sirlanishlari mumkin.
Shovqinli bazmlar, turli xil ko’ngil ochishlardan ko’ra kitob o’qishni maqul ko’radilar.
Melanxoliklar intorvertlar hamdir (yolg’iz qolishni xush ko’ruvchi inson) ko’pincha haddan ortiq o’ychan holatda bo’ladilar.
Sabr borasida melanxoliklar o’rnak bo’lsa arzigulik shaxslardir, ulardan ideal ota-ona chiqadi. Tinglashni va maslahat berishni biladilar.
Hayotdagi o’zgarishlarni qabul qilishlari biroz qiyin kechadi, o’zgarishlarni xushlamaydilar.
Depressiyaga tushish ular uchun odatiy hol bo’lib dunyoda o’z joniga qasd qilayotgan odamlarning ko’pchiligi melanxoliklardir.
Melanxoliklar ma’suliyatli shaxslar bo’lib, tartibni yaxshi ko’rishadi va biror ishga kirishsalar ko’pincha yakuniga yetkazmay qo’ymaydilar.
Vincent Van Gogh va Eynshteyn ham melanxolik bo’lgan.

Siz ham melanxolikmisiz ?

@Qogoz_Qasr