Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.03K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-07-22 07:05:17 Bolalar najasida qon bo‘lishining asosiy sabablari qaysi kasalliklar?

https://telegra.ph/Bolalarning-najasida-nima-sababdan-qon-boladi-04-04

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.7K viewsDoctor Muxtorov, edited  04:05
Ochish/sharhlash
2023-07-21 07:05:11
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.9K viewsDoctor Muxtorov, 04:05
Ochish/sharhlash
2023-07-20 19:01:02 Bolalarda tungi enurezni davolashning asosiy turlari:

Tartib: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.

Parhez: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz.

Mashq: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang.

Qovuqni tayyorlash usuli. Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%.

Kalendar usuli. O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.7K viewsDoctor Muxtorov, 16:01
Ochish/sharhlash
2023-07-20 07:54:24
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.1K viewsDoctor Muxtorov, 04:54
Ochish/sharhlash
2023-07-19 07:05:19
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.7K viewsDoctor Muxtorov, 04:05
Ochish/sharhlash
2023-07-18 10:59:24
Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.9K viewsDoctor Muxtorov, 07:59
Ochish/sharhlash
2023-07-17 19:31:10
Ona suti bola ehtiyojini to'liq qondiryaptimi yo'qmi qanday aniqlash mumkin

Har bir onani bolam sutimga to'yyaptimi yoki yaxshi o'syaptimi degan savollar doim o'ylantiradi.

Kichkintoy ona sutiga to'yyaptimi yo'qmi quyidagilar orqali aniqlash mumkin:

Bola sutka davomida tagligini 6 va undan ko'p marta och sariq rangli siydik bilan ho'llashi
24 soat oralig'ida 3 martadan 6 martagacha sariq rangda ichi kelishi
Hayotining dastlabki 6 oyi davomida oyiga 700-800 g, haftasiga esa o'rtacha 150-250 g vazni ortib borishi
Sutka davomida kamida 10-12 marta emishi
Qisqa dam olishlar bilan ritmik emishi, jag' harakatlarini ko'rinib turishi
Emizish seanslari oralig'ida bolaning tetik, faol va harakatchan bo'lishi.

Bolada yuqoridagi hamma belgilarni bo'lishi, uni ona suti bilan to'laqonli ta'minlayotganini bildiradi. Kerak bo'lmagan holatda sun'iy aralashmalarga o'tib ketishni oldini oladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.4K viewsDoctor Muxtorov, 16:31
Ochish/sharhlash
2023-07-17 07:05:15
Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin?

Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi.
Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi
Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal;
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal
7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi.

Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi.

Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 04:05
Ochish/sharhlash
2023-07-16 07:18:43
Chaqaloqlar nima uchun yig‘laydilar?

Och qolganida
Tagligi to‘lib qolganda
Uyqusi kelganida
Qo‘rqqanida
Sovuq qotganida
Ichak sanchig‘ida
Qulog‘i og‘riganida
Stomatit toshmalari toshganida
Nevrologik muammo borligida

Chaqaloqlar yig‘isining sababi ko‘pincha kasallik bo‘ladi. Shuning uchun uni darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 04:18
Ochish/sharhlash
2023-07-15 07:05:16
Tug‘ma stridor nima o‘zi?

Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba'zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).

Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya'ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).

Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.4K viewsDoctor Muxtorov, 04:05
Ochish/sharhlash