Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.03K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 64

2021-01-28 18:58:25
Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi(cherepnoy davleniya) belgilari

Yosh bolalarda bu kasallik qanday namoyon bo’ladi? Afsuski, go’daklar ota-onalariga o’z tuyg’ulari haqida xabar bera olmaydi, shuning uchun ota-onalar kalla ichi bosimi oshishining bilvosita alomatlariga asoslanishlari kerak bo’ladi.

Bunday alomatlarga quyidagilar:

Holsizlik;
Yig’i;
Yomon uyqu;
Qayt qilish;
Tutqanoqlar;
Ko‘zlarning beixtiyor harakatlari;
Liqildoqning shishishi va pulsatsiyasi;
Bosh o’lchamining kattalashishi (gidrosefaliya);
Mushaklar tonusi notengligi — mushaklarning bir qismi tarang, boshqa qismi bo’shashgan bo’ladi;
Tomirlar to’rining bosh terisi ostidan bo‘rtib turishi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 15:58
Ochish/sharhlash
2021-01-27 17:13:03 Nima sababdan chaqaloqning qorni dam bo'ladi? Qorin dam bo'lishini qanday oldini olish mumkin?

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-qorin-dam-bo%CA%BClishi-02-07

Kanalga qo'shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
8.8K viewsDoctor Muxtorov, 14:13
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:33:18 Bolalarda raxit kasalligi

https://telegra.ph/Bolalarda-raxit-01-25

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
8.9K viewsDoctor Muxtorov, 15:33
Ochish/sharhlash
2021-01-25 10:33:34 Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
10.8K viewsDoctor Muxtorov, 07:33
Ochish/sharhlash
2021-01-22 15:08:01
Ekssudativ-kataral diatez – allergik reaksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi natijasida teri qoplamalarining va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi diatez ko‘pincha erta yoshdagi bolalarda paydo bo‘lib, taxminan 3-4 yoshlarda o‘tib ketadi.

Ekssudativ-kataral diatez bir oylik bolalarda seboreyali dermatitlar ko‘rinishida – yog‘li qichimalar boshning sochli qismida, tepa sohasida paydo bo‘ladi. Odatda, bunday patologiyaning oqibati ijobiy, ammo ba’zi bolalarda bu seboriyali ekzemaga 
o’tib ketadi va bunda shish, qizarish, suvli pufakchalar ko‘rinishida bo‘yin, quloq va peshona sohasida yuzaga chiqadi.

Ekssudativ-kataral diatezning eng og‘ir ko‘rinishlari – bolalar ekzemasidir. Yosh kattalashishi bilan bu jarayon neyrodermit ko‘rinishiga o‘tishi mumkin.

Diatezli bolalar nafas yo‘llari kasalliklariga beriluvchan bo‘lishadi (pnevmoniya, bronxit, tonzillit, faringit).

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
11.5K viewsDoctor Muxtorov, 12:08
Ochish/sharhlash
2021-01-21 19:00:25 BOLALAR SEREBRAL FALAJLIGI

https://telegra.ph/BOLALAR-SEREBRAL-FALAJLIGIDCP-11-10

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
18.8K viewsDoctor Muxtorov, 16:00
Ochish/sharhlash
2021-01-21 17:00:34
Guruchli bo‘tqa qovoq bilan - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma #nonushta

Mahsulotlar:
•Sut - 2 stakan
•Guruch - 3 osh qoshiq
•Qovoq - 5 osh qoshiq
•Shakar - 2 choy qoshiq
•Tuz - ta‘bga ko‘ra

Tayyorlanishi:
1.Guruch sovuq suvda yuviladi, kub shaklida kesilgan qovoq va sut qo‘shiladi, olovga qo‘yiladi.
2.Qachonki sut qaynashni boshlagandan keyin shakar va tuz qo‘shiladi. Past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi, ora-orada kovlab turiladi.
3. Tayyor bo‘lgan bo‘tqaga saryog‘ qo‘shish mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
10.0K viewsDoctor Muxtorov, edited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:05:00
Bolalar amaliyotida isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladigan Ibuprofen(Ibufen D, Sinepar) tarkibli siroplarni qanday dozada berish kerak?

3 dan 6 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(5-7,6 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3 mahal

6 dan 12 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(7,7-9 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3-4 mahal

1 yoshdan 3 yoshgacha (10-15 kg)
sutkasiga 5 ml dan 3 mahal

4 yoshdan 6 yoshgacha (16-20 kg)
sutkasiga 7,5 ml dan 3 mahal

7 yoshdan 9 yoshgacha (21-29 kg)
sutkasiga 10 ml dan 3 mahal

10 yoshdan 12 yoshgacha (30-40 kg)
sutkasiga 15 ml dan 3 mahal

Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi. Preparatni qo‘llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashing!

Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
11.2K viewsDoctor Muxtorov, 18:05
Ochish/sharhlash
2021-01-19 18:24:36
#massaj_video

Ko‘krak yoshidagi bolalarning ichi qotganida qilinadigan massaj harakatlari

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.5K viewsDoctor Muxtorov, 15:24
Ochish/sharhlash
2021-01-18 17:31:53 Chaqaloqlar sariqligi - turlari, sabablari, belgilari, diagnostikasi, davolash, oqibatlari

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-sariqlik-03-31

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.4K viewsDoctor Muxtorov, 14:31
Ochish/sharhlash