Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Kanaldagi mavzular:
Qòshimcha
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanaldagi mavzular:
Qòshimcha
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.23K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-13 17:31:32
Pediatrlar ogohlantiradi: muolajalarni faslga qarab rejalashtirgan ma'qul

Biz pediatrlar bolani davolashdagi ba'zi muolajalarni faslga qarab rejalashtirish zarur ekanligini doim ta'kidlaymiz.

Masalan, allergik bolalarda allergoproba (bolada allergiyani qo'zg'atuvchi moddani aniqlash)ni bahorda faslida o'tkazmagan ma'qul. Chunki bu faslda tabiat allergenlarga boy bo'ladi va allergoproba haqqoniy natija bermasligi mumkin.

Agar bolada rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyoti kutilayotgan bo'lsa, uni yoz kunlarida o'tkazmasdan, iloji bo'lsa kuzga surgan yaxshi. Yoz kunlari issiq harorat tufayli choklar bitishi qiyin bo'ladi. Bola ko'p suvsizlanadi va choklarga infeksiya tushib, yiringlash ehtimoli kattaroq bo'ladi. Faqatgina favqulotda operatsiyalarni yozda o'tkazish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.7K viewsDoctor Muxtorov, 14:31
Ochish/sharhlash
2024-05-12 19:13:05
Yodga bo‘lgan talabni qondirish uchun hozirgi kunda quyidagi kunlik miqdor tavsiya etiladi:

50 mkg – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 12 oygacha bo‘lgan go‘daklar uchun;
90 mkg – 2-6 yosh bolalar uchun;
120 mkg – 7-12 yosh maktab o‘quvchilari uchun;
150 mkg – 12 yoshdan kattalar uchun;
200 mkg homilador va emizikli ayollar uchun.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.1K viewsDoctor Muxtorov, 16:13
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:36:12
7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga yordam beruvchi Orlova jadvali.

Hali maktabga bormagan bolalar harflarni tanimagani uchun mana shunday shakllardan foydalaniladi.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.2K viewsDoctor Muxtorov, 06:36
Ochish/sharhlash
2024-05-11 05:53:43
Sabzi-o'rik pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• o'rik - 4 dona.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:
1. Tozalangan sabzini bo'laklarga bo'ling va qaynoq suv solingan idishga soling va yumshoq bo'lgunga qadar 10 daqiqa davomida past olovda qaynating.
2. Suvni to'kib tashlang va to'g'ralgan o'riklarni ham qo'shing (agar siz quritilgan o'rikdan foydalansangiz, sabzi qaynatilgandan keyin 5 daqiqadan so'ng qo'shing).
3. Bir choy qoshiq o'simlik yog'ini qo'shing va blender yordamida masalliqlarni pyure holatiga keltiring.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.9K viewsDoctor Muxtorov, 02:53
Ochish/sharhlash
2024-05-09 13:47:55
Bolalarda bo'y va vazn normalari

Manba: Doctor Ziyod

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.4K viewsDoctor Muxtorov, 10:47
Ochish/sharhlash
2024-05-09 10:15:38
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi yoki qat'iyan rad etiladi?

Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi va bolaning tuzalishi kechikadi. Shuning uchun bu kasalliklarda bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari(Fallo tetradasi) bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.

Tug‘ruq travmalari(ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi. Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlar olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.0K viewsDoctor Muxtorov, 07:15
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:17:25
Chaqaloqning burni qanday tozalanadi?

Chaqaloqlar burnini tozalash uchun bizga aspirator, pipetka, maxsus suyuqlik (NaCl yoki akvalor) va steril salfetkalar kerak bo‘ladi.

Avvalo chaqaloq burni ichida tiqilib qolgan moddalar yumshatiladi. Buning uchun chaqaloq burniga maxsus suyuqlikdan 1-2 tomchi tomiziladi. 5-10 daqiqa kutiladi va burnidagi tiqilmalar maxsus aspirator yordamida tortib olinadi.

Eslatma. Muolaja o‘tqazilldigan paytda bola uyg‘oq bo‘lishi kerak. Aspirator va pipetka ishlatib bo‘lgandan keyin dezinfeksiya qilinishi lozim!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.6K viewsDoctor Muxtorov, 09:17
Ochish/sharhlash
2024-05-07 18:32:42
Olti oylikdan oshgan bolalarga birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida qanday taomlarni berish tavsiya etiladi?

Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?


Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.0K viewsDoctor Muxtorov, 15:32
Ochish/sharhlash
2024-05-07 17:52:49
Bolalarda oftob urushining dastlabki belgilari

Bosh og‘rig‘i
Bosh aylanishi
Ko‘ngil aynishi
Qusish yoki ich ketishi
Teri va yuzning qizarishi
Quloqda shovqin
Tana haroratini oshishi
Umumiy holsizlik

Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.7K viewsDoctor Muxtorov, 14:52
Ochish/sharhlash
2024-05-07 15:35:38
Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari

Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)

Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi.

1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.

Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.

Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.

Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.

Yuqoridagi dozalar faqat ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.3K viewsDoctor Muxtorov, 12:35
Ochish/sharhlash