Get Mystery Box with random crypto!

cho'nqayib yuzini yuvayotganiga ko'zi tushganida. Bolaning yel | PARCHA➕🎧

cho'nqayib yuzini yuvayotganiga ko'zi tushganida. Bolaning yelkalari silkinar, tinmay hiqillardi. Ikromalining yuragi siqildi. Arzga borganiga ming pushaymon qildi."Shu uch dona olma odamdan aziz bo'ptimi? Olsa begona emas, oʻzimning qarindoshim olgan ekan. Mengayam fe'li torlik kasali yuqayaptimi, nima balo?" – dedi oʻzichа. hovliga sig'madi. Yaktagini yechib, ko'chalik ko'ylagini kiydi. Bir guzarga chiqmasa, yuragining tubidagi qorong'ilik tarqalmaydigandek edi. Qoʻlbola"xarak"ka oʻtirib, hafsalasizlik bilan latta etigini kiydi. Biroq bogʻni qarovsiz tashlab chiqishga ko'ngli boʻlmay choʻkkan joyida qimirlamay o'tiraverdi.- Ikromali, hov, Ikromjon! Uydamisiz, bolam? Temir darvozaning bir tabaqasi daranglab ochilib, moshguruch soqolli chol jur'atsizgina ichkariga kirdi. Nomiga yo'nilgan g'adir-budur hassasini nuqib, kirishdan bosh tortib turgan nabirasini ham ichkariga oldi. Eshik boyagiday daranglab ketmasligi uchun ohista yopdi. Ikromali taajjublanib, oʻrnidan turdi.- Tinchlikmi? – dedi.- Shu deng, bizzi Sayfullavoy ayb ish qilib qoʻyibdi. Oʻziyam otasidan eshitadiganini eshitdi. Siz ham bu galchа kechira qoling, amakisi, bu nomaqulchilikni qaytib qilmaydi. Ikromalining ro'parasida shalpangquloq, xumkalla bola turar, nuqul burnini tortardi. Kalta shimiga qistirilgan katak-katak ko'ylagining ostidan uch dona katta-katta olma do'ppayib koʻrinib turardi.- Xayriyat, Gunnoz nevarachа koʻrgan ekan, o'shа aytib qoldi. Boʻmasa bexabar qolardik. Endi bola boʻmasa, uyda yer bilan bitta boʻlib olma toʻkilib yotsa-yu... Chol uzoq ezmalandi. Lekin Ikromalining qulog'iga gap kirmasdi. Koʻz o'ngida titrab-qaqshab tayoqni itqitib yuborgan Adham gavdalanar, nazarida u hamon yuzlarini suvga chayib ariq bo'yida yigʻlab o'tirar edi.