Get Mystery Box with random crypto!

Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

Telegram kanalining logotibi oson_ona_tili — Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna O
Telegram kanalining logotibi oson_ona_tili — Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna
Kanal manzili: @oson_ona_tili
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.47K
Kanalning ta’rifi

O'zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan kanal.
Reklama xizmati mavjud↘️↘️↘️
Murojaat uchun:
| @Nozima_utkirovna |
Onlayn dars, natijalar va namunalar:
https://t.me/Online_kursdanamuna

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:13:32 Ustoz tabriklang jahon tillariga kirdim
1.5K viewsNozima O'tkirovna, 18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:01:44 6-sinf ona tili. Mavzu: Fe'l turkumi @OSON_ONA_TILI kanali uchun Nozima O'tkirovna ” testi
40 ta savol · 30 soniya
2.2K viewsNozima O'tkirovna, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:12:00 Birliklarni (qo‘shimcha, so‘z, iboralarni) qo‘llashga doir me’yorlarning buzilishi oqibatida uslubiy xato kelib chiqadi.

Uslubiy xatoning ko‘rinishlariga misollar:

1. Choyxonada uchta do‘stlarim bilan o‘tirdik. (qo‘shimchani keraksiz qo‘llash)

2. Kitobni bitta varag‘i yo‘q ekan. (qo‘shimchani yanglish qo‘llash)

3. Ozg‘ingina, suluv yigit ekan. (sinonimlarni yanglish qo‘llash)

4. Qishloqqa – bobomni yoqlashga ketyapman. (paronimlarni yanglish qo‘llash)

5. Sen haqingda sendan so‘ray qolay degandim. (keraksiz takror)

6. U qaytmaydi: bu yerlardan butkul oyoq uzatgan. (iborani yanglish qo‘llash)

7. U nafaqat kitdan, balki akuladan ham katta ekan. (mantiqiy xatolik)

@OSON_ONA_TILI |KANALI
2.3K viewsNozima O'tkirovna, 03:12
Ochish/sharhlash
2022-08-25 04:27:37 Assalomu aleykum Nozimaaa opaaa Perevot imtihonidan òtdm. Szga katta rahmat. Tògri szni kop darslarizga qatnasha olmadm. Szdan kòp narsani òrgandmmm. Katta rahmat opajonnn. Ilmingiz bundanda ziyoda bòlsn.
1.9K viewsNozima O'tkirovna, 01:27
Ochish/sharhlash
2022-08-24 11:16:15 7- adabiyot 5-qism @OSON_ONA_TILI kanali uchun Nozima O'tkirovna
H testi
60 ta savol · 30 soniya
2.0K viewsNozima O'tkirovna, 08:16
Ochish/sharhlash
2022-08-24 03:38:51 RAVISH 2- qism
Payt ravishlari
Payt ravishlari xususiyatlari
1.Payt ravishlarining ayrim soʻzlari daraja olishi mumkin.
Ertaroq , kechroq, avvalroq, keyinroq.
2. Payt ravishi sintaksisda payt holi boʻlib keladi.
Ertaga chigit ekishni boshlaymiz.
3. Payt ravishlarini payt otlaridan farqlay olishimiz kerak. Ularning ikkalasi ham Qachon? soʻrogʻiga javob boʻladi,va gapda payt holini yuzaga keltiradi.
Payt ravishlari:
Hozir, hamisha, doimo, ertaga , bultur
Payt otlari:
Yozda , bahorda,tongda ,saharda
4. Baʼzan, goh, dam soʻzlari ham payt ravishlariga mansub boʻlib,bu soʻzlarning oʻziga xos xususiyati shundaki,bular faqat yakka qoʻllanganda ravish,takror qoʻllanganda boʻlsa ayiruv bogʻlovchisi hisoblanadi.
Payt ravishi:
U baʼzan biznikiga kelib turadi
Ayiruv bogʻlovchisi:
Baʼzan musiqa yangraydi, baʼzan shoʻx kulgi eshitiladi.
Payt ravishlariga misollar
1. Uni buguncha tinch qoʻy.
2.Jiydazordan hozirgina keldim.
3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz.
4.Yolgʻon gapga ishonmang , erta-yu kech daladaman .


Ona tilini biz bilan oson oʻrganing
Kanalimizga yaqinlaringizni ham taklif qilishni unutmang.
@OSON_ONA_TILI bilan yengilmaysiz.
2.0K viewsDilyora Dilshodovna, edited  00:38
Ochish/sharhlash
2022-08-23 17:01:07 Dtm darajasidagi test @OSON_ONA_TILI kanali uchun Sherbutayeva Dilyora” testi
12 ta savol · 30 soniya
1.7K viewsDilyora Dilshodovna, 14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:55:41 #tahlil_test

Bugungi kunda har bir xalq umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini o‘rganishga
intilmoqda. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
B) Ushbu gapda qismlari kelishik yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud.
C) Ushbu gapda otli so‘z birikmasi mavjud.
D) Ushbu gapda qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud
.
1.7K viewsNozima O'tkirovna, edited  07:55
Ochish/sharhlash
2022-08-23 02:42:18 Ot soʻz turkumidan test 1- qism @OSON_ONA_TILI kanali uchun Sherbutayeva Dilyora” testi
15 ta savol · 30 soniya
1.7K viewsDilyora Dilshodovna, 23:42
Ochish/sharhlash
2022-08-23 02:40:15 Koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi
Siz birikmasi
Qoʻshma feʼl
Bularni oson usul yordamida bir biridan ajratish
KFSQ
1. Maʼno mustaqilligini saqlagan feʼl+ maʼno mustaqilligini yoʻqotgan feʼl.(Feʼl+Feʼl)
2.Ikkita ish harakatdan bittasi yuzaga chiqadi.
Misol
U bir oy mobaynida muntazam ukol olib
feʼlni tashlab yuborsa ham , maʼno deyarli oʻzgarmaydi
U bir oy mobaynida ukol oldi
Qoʻshma feʼl
1. Maʼno mustaqilligini saqlagan feʼl+ Maʼno mustaqilligini saqlagan feʼl.(FeʼL+Feʼl)
2.Ikkita ish harakat ham yuzaga chiqadi
Misol
Saida uyga har- xil mevalar olib keldi .
Izoh
Olgan va kelgan
3.Koʻmakchi feʼlni tashlab yuborsa maʼno butunlay oʻzgaradi.
Saida uyga har-xil mevalar oldi.
Siz birikmasi
1. Maʼno mustaqilligini saqlagan feʼl+ maʼno mustaqilligini saqlagan feʼl .(Feʼl+Feʼl).
2.Har bir feʼlga alohida alohida aroq beriladi.
Misol
U yoʻl -yoʻlakay qiziq voqealarni gapirib ketdi
Izoh
Gapirib- qay holatda
Ketdi- nima qildi.



Ona tilini biz bilan oson oʻrganing.
Yaqinlaringizni ham kanalimizga taklif qilishni unutmang .
@OSON_ONA_TILI bilan yengilmaysiz.
Bizning kanal
https://t.me/OSON_ONA_TILI
1.8K viewsDilyora Dilshodovna, edited  23:40
Ochish/sharhlash