Get Mystery Box with random crypto!

RAVISH 2- qism Payt ravishlari Payt ravishlari xususiya | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

RAVISH 2- qism
Payt ravishlari
Payt ravishlari xususiyatlari
1.Payt ravishlarining ayrim soʻzlari daraja olishi mumkin.
Ertaroq , kechroq, avvalroq, keyinroq.
2. Payt ravishi sintaksisda payt holi boʻlib keladi.
Ertaga chigit ekishni boshlaymiz.
3. Payt ravishlarini payt otlaridan farqlay olishimiz kerak. Ularning ikkalasi ham Qachon? soʻrogʻiga javob boʻladi,va gapda payt holini yuzaga keltiradi.
Payt ravishlari:
Hozir, hamisha, doimo, ertaga , bultur
Payt otlari:
Yozda , bahorda,tongda ,saharda
4. Baʼzan, goh, dam soʻzlari ham payt ravishlariga mansub boʻlib,bu soʻzlarning oʻziga xos xususiyati shundaki,bular faqat yakka qoʻllanganda ravish,takror qoʻllanganda boʻlsa ayiruv bogʻlovchisi hisoblanadi.
Payt ravishi:
U baʼzan biznikiga kelib turadi
Ayiruv bogʻlovchisi:
Baʼzan musiqa yangraydi, baʼzan shoʻx kulgi eshitiladi.
Payt ravishlariga misollar
1. Uni buguncha tinch qoʻy.
2.Jiydazordan hozirgina keldim.
3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz.
4.Yolgʻon gapga ishonmang , erta-yu kech daladaman .


Ona tilini biz bilan oson oʻrganing
Kanalimizga yaqinlaringizni ham taklif qilishni unutmang.
@OSON_ONA_TILI bilan yengilmaysiz.