Get Mystery Box with random crypto!

Birliklarni (qo‘shimcha, so‘z, iboralarni) qo‘llashga doir me’ | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

Birliklarni (qo‘shimcha, so‘z, iboralarni) qo‘llashga doir me’yorlarning buzilishi oqibatida uslubiy xato kelib chiqadi.

Uslubiy xatoning ko‘rinishlariga misollar:

1. Choyxonada uchta do‘stlarim bilan o‘tirdik. (qo‘shimchani keraksiz qo‘llash)

2. Kitobni bitta varag‘i yo‘q ekan. (qo‘shimchani yanglish qo‘llash)

3. Ozg‘ingina, suluv yigit ekan. (sinonimlarni yanglish qo‘llash)

4. Qishloqqa – bobomni yoqlashga ketyapman. (paronimlarni yanglish qo‘llash)

5. Sen haqingda sendan so‘ray qolay degandim. (keraksiz takror)

6. U qaytmaydi: bu yerlardan butkul oyoq uzatgan. (iborani yanglish qo‘llash)

7. U nafaqat kitdan, balki akuladan ham katta ekan. (mantiqiy xatolik)

@OSON_ONA_TILI |KANALI