Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchiga imkoniyatlar!

Telegram kanalining logotibi oqituvchigaimkoniyatlar — O'qituvchiga imkoniyatlar! O
Telegram kanalining logotibi oqituvchigaimkoniyatlar — O'qituvchiga imkoniyatlar!
Kanal manzili: @oqituvchigaimkoniyatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.11K
Kanalning ta’rifi

-Ta'lim sohasidagi eng so'ngi yangiliklar♻️
-Onlayin darslar✈
-Zavuch maslaxati!🤝
-Murojaatlar uchun: @Sherzodsaparov_bot
-Guvohnoma № "0001405480" 📃
Hamkor🤝
https://t.me/togaraklarr

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-29 17:17:34 Завучлармиз.
(Ўзбекистондаги барча ҳамкасб ЎИБДЎларга)

Дарс тақсимоти ўтказиб асаблари чарчаётган азиз  хамкасбларим учун лирик чекинишли эслатма.

Дарс тақсимот ўтгунча роса асаб бузилар,
Сўнгра минг бир азобда дарс жадвали тузилар.
Ҳар кун бизнинг юракдан битта тола узилар,
Бутун мактаб дардини жам олган завучлармиз.
“Мактабнинг юраги” деб ном олган заучлармиз.

Якшанба-ю байрам кун бизлар учун иш куни,
Турли ёзув-чизув деб унутганмиз уйқуни.
Таътилда ҳам ишламоқ “ умримизнинг мазмуни”,
Ярим тунда озгина дам олган завучлармиз.
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Юзта одам бўлса ҳам мактаб деган “кема”да,
Иш режалар тузиш ҳам фақат бизнинг зиммада.
Олий маълумот диплом бўлса ҳамки ҳаммада,
Ҳаммани йўлга бошлаб шам олган завучлармиз.
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Ўрин олса ўқувчи, ўқитувчи рағбатда,
Барча мақтов, олқишлар директорга , албатта.
Гоҳо ўрин тегмаса, ҳар йиғилиш, ҳар гапда
Мудирдан гап эшитиб, ғам олган завучлармиз.
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Гоҳ табелдан туширсак дарс қодирган “зотлар”ни
Эшитамиз минг таъна, минг оҳу фарёдларни.
Устимиздан ёзишиб иғво тўла хатларни,
Оғзимизга аччиқ, шўр там олган завучлармиз.
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Иш қилгану қилмаган устамага даъвогар,
Гўё ишчи гуруҳи улар учун “савдогар”.
Текширувчи келганда ҳеч ким олмасдан хабар,
Бўйнимизга айбни ҳам олган завучлармиз,
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Ҳар кун минг бир маълумот тўлдирамиз жадвалда,
Бўлмаган ишларн ҳам бўлдирамиз жадвалда.
Кўзларимиз нурини сўлдирамиз жадвалда,
Монитордан кўзлари. нам олган завучлармиз,
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

Эрта келиб, кеч кетиб умр ўтар мактабда,
Умримизнинг гул даври ўтиб кетар мактабда,
Исақ дардли шеърларни тунда битар мактабда,
Кўп ишлаб, иш ҳаққини кам олган завучлармиз,
“Мактабнинг юраги” деб ном олган завучлармиз.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.0K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:44:03 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUGI


Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat
ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar)
hamda uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishi uchun
2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 282-sonli buyruq.
26.08.2022 yil


https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
1.2K views10:44
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:26:01 Ойлик ҳисоблаш 2022

Сентябр 2022 ҳолатига кўра ойлик ҳисоблаш учун тайёр шаблон. Дарс соатингизни тоифангизга қараб ёзасиз ва қўлга тегиш суммаси чиқиб келади.

Бошланғич ва юқори синф ставкадаги фарқи ҳисобга олинмаган. Ва устама, дафтар текшириш, ва бошқа қўшимчалар киритилмаган

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.8K views07:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:15:03Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
1.7K views03:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:16:32 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
1.6K views16:16
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:40:27 QUYIDAGILAR METODBIRLASHMANING FAOLIYATINI TASHKIL QILADI

Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkimi bo‘yicha metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

Umumta’lim maktablarida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, metodbirlashma tashkil etiladi.

Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metodbirlashmaga birlashadi.

Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishilgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijotkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.

Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishi yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.

Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgust kungi 183-sonli buyrug‘i.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
1.7K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:19:06 Maktab bitiruvchilarining natijalaridan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari ragʻbatlantiriladi.

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:

o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;

o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;

o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.

Ushbu pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Bunda:

o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;

umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;


oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni yuqorida ko’rsatilgan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qarori

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.1K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:00:44 5 йил педагоглик стажига эга ўқитувчилар диққатига!

Давлат комиссиясининг 1-сон баёни билан 2022-2023 ўқув йилида умумтаълим муассасаларида фаолият юритаётган ва олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ҳамда камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар учун педагогика олий таълим муассасаларида бакалавриатнинг сиртқи таълим шакли бўйича тўлов-контракт асосида алоҳида мақсадли қабул кўрсаткичларининг олий таълим муассасалари кесимидаги тақсимоти тасдиқланган.

Унга кўра камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар учун 14 та педагогика олий таълим муассасасида жами 1000 та мақсадли қабул параметрлари ажратилган.

Мазкур қабул параметрлари тест синови натижаларига кўра 56,7 ва ундан юқори балл тўплаган, лекин талабаликка тавсия этилмаган камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар учун қўлланади.

Бунда танлов Халқ таълими вазирлиги томонидан камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар рўйхати Давлат тест марказига тақдим этилгандан сўнг амалга оширилади.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
4.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:46:51 ПЕНСИОНЕРЛАРНИНГ ПЕНСИЯСИГА 1 ФОИЗ ҚЎШИМЧА ТЎЛОВ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ.

07.04.2022 йил кунги ПҚ–198-сон “Давлат пенсиялари, нафақалар, компенсациялар ва бошқа ижтимоий тўловларни тўлаш тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинган.

Қарорга кўра, 2022 йил 1 майдан:

Пенсия, нафақа, компенсациялар ва моддий ёрдам пулини банк карталари орқали олувчиларга ҳар ойлик пенсия ва нафақа пулининг 1 фоизи миқдорида қўшимча тўлов жорий қилинган.

Бу дегани пенсия, нафақа, компенсациялар ва моддий ёрдам пулини пластик карта орқали оладиган шахслар олган маблағларини банкоматлардан нақд пул қилиш жараёнида ечиб қолинадиган 1 фоизлик банк хизмат ҳаққи хам уларга қайтариб берилади дегандек гап.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.2K views07:46
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:21:43
Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади. Яъни ўтган йили контрактлар қанча бўлса, жорий йил ҳам шунча бўлади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.0K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash