Get Mystery Box with random crypto!

UZBIKISTAN MUZIKA 2021

Telegram kanalining logotibi online9452196 — UZBIKISTAN MUZIKA 2021 U
Telegram kanalining logotibi online9452196 — UZBIKISTAN MUZIKA 2021
Kanal manzili: @online9452196
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 244

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-12 13:49:01
#sheriyat_time
#hazil_sher
#faxrimnavouz

,, Shakar narhi oshganmish "

Gap so‘z hamma tomonda,
Bu internet zamonda,
Bay bay O‘zbekistonda
Shakar narxi oshganmish.

Zavodlar ham yemas jo‘n,
Kiyishgan zar tillo to‘n.
Kelganda kampot sezon,
Shakar narxi oshganmish.

Hamma bozorda qarang,
Asablar bo‘lgan tarang.
Talash ur sur to‘palang.
Shakar narxi oshganmish.

Narxini yolga solib,
Olguncha yoʻqdir g‘olib,
Metan, un chetda qolib,
Shakar narxi oshganmish.

To‘yga qo‘chqor behuda.
Shakar so‘raydi quda.
Kunning mavzusi shuda,
Shakar narxi oshganmish.

Tanqis deb Rus, Xitoyda.
Savdogar ko‘rar foyda,
Voha, vodiy har joyda,
Shakar narxi oshganmish.

O‘zin osmonga ilib,
Hardorlar ko‘nglin tilib,
Do‘stlarni dushman qilib,
Shakar narxi oshganmish.

Shirin choy ichmay turay,
Pulini tejab yuray.
Yig‘ib uy, saroy quray.
Shakar narxi oshganmish.

Yor shakardan umid uz,
Kompotga qo‘sh endi tuz.

Odilbek Qodirov

@faxrimnavo
@mushtariybonu_official_777
841 views◔͜͡◔ Mushtariybonu_official_777 ◔͜͡◔, 10:49
Ochish/sharhlash
2022-06-12 01:50:54
#faxrimnavouz

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Yakshanba tongi muborak bõlsin.

Soğ-salomat uyğotgan Robbimizga hamdlar bõlsin!

Bugungi kuningiz bilan muborakbod etaman!

Ajoyib baxt, abadiy yoshlik va go‘zallik, cheksiz quvonch, mexr-oqibat, ko‘tarinki kayfiyat xamrox bo‘lsin!

Sog‘lik-salomatlik, doimiy faollik va izchillik, o‘z qadrini biladigan va misli ko‘rilmagan ijobiy natijalarga erishish baxti nasib etsin!

Siz qo‘l urgan barcha xayrli ishlar muvaffaqqiyat cho‘qqilarini zabt etsin, yaxshi kayfiyat xech qachon Sizni tark etmasin!

@mushtariybonu_official_777
@faxrimnavo
766 views◔͜͡◔ Mushtariybonu_official_777 ◔͜͡◔, 22:50
Ochish/sharhlash
2022-06-09 22:30:13
#juma_muborak
#faxrimnavouz

Assalomu alaykum men uchun qadrli bõlgan insonim juma ayyomi muborak bõlsin.

Bugungi kuningiz hayrli va barokatli bõlsin.

Sizni Alloh uchun yaxshi kõraman.
793 views◔͜͡◔ Mushtariybonu_official_777 ◔͜͡◔, 19:30
Ochish/sharhlash
2022-06-09 12:24:40
#qadrdonlarim
#faxrimnavouz

Dõstlarim bir oğiz ezgu kalom inson qalbini toğlarga tenglashtirarkan .

Agar birgina sõz bilan odamni baxtiyor qilish mumkin bõlsa ,

Bu sõzni aytmaslik uchun qanchalar razil bõlishimiz keraga

Dõstlarim yaqinlaringizga men sizlarni Alloh uchun yaxshi kõraman deyishingiz ularni baxtli va hursand qilishi mumkinligini xech o'ylab kõrganmisiz ?

Õylab kõring .


@Mushtariybonu_official_777
@faxrimnavo
782 views◔͜͡◔ Mushtariybonu_official_777 ◔͜͡◔, 09:24
Ochish/sharhlash
2022-06-09 06:58:00
​​9 июнь — Халқаро дўстлар куни!

Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Яратганнинг ҳар бир куни бизга байрам,
Тонг саҳарда бомдод учун туришайлик.
Фаришталар бунда қилар экан сайрам,
Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Меҳр кўзда, сеҳр сўзда дегани рост,
Дунё иши узоқлатиб қўйди бироз,
Оқибат ҳам қилар биздан кўп еътироз,
Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Даврамизда шароб эмас, Замзам бўлсин,
Ғийбат эмас, ҳадис шариф ҳамдам бўлсин,
Яратганнинг буюк васли малҳам бўсин,
Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Меҳр нури эрта қуриб қолмасидан,
Юракда ишқ унсиз уриб толмасидан,
Яратганим омонатин олмасиндан...
Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Биздан кейин фарзандимиз ўрнак олсин,
Биродарлик қадри нима, англаб билсин,
Қиёматли дўст тутинсин, бир тан бўлсин,
Биродарлар, бугун дийдор кўришайлик!

Вафо Мўмин

T.me/faxrimnavouz
@mushtariybonu_official_777
@faxrimnavo
756 views◔͜͡◔ Mushtariybonu_official_777 ◔͜͡◔, 03:58
Ochish/sharhlash
2022-06-07 06:09:57
#sheriyat__time
#faxrimnavouz

,, Yaxshi odamlar "

Orzu, havas, tilagimdasiz,
Siz borsizki dilda yo‘q g‘amlar,
Qalbimdasiz, yuragimdasiz,
Qadri baland yaxshi odamlar.

Sizda bordir insof, diyonat,
Yuzingizdan nur yog‘ar qat,qat,
Izingizdan gullaydi jannat,
Sodiq hamdard yaxshi odamlar.

Adolat-chun otilgan o‘qsiz,
Ko‘zi ham to‘q,ko‘ngli ham to‘q siz
Gʻiybatchilar ichida yo‘qsiz,
So‘zlari qand yaxshi odamlar.

Tegrangizda ko‘klam nafasi,
Sizga ko‘plar kelar havasi,
Qalbingizda ezgulik sasi,
Baxtu, omad yaxshi odamlar.

Biringiz do‘st,biringiz ulfat,
Sirdosh,sahiy,dillarga dilband,
Siz borsizki olis qiyomat,
Bo‘ling har vaqt yaxshi odamlar.

Siz-la qalblar yashnayveradi,
Dillar mehr to‘shayveradi,
Siz bor dunyo yashayveradi,
Qadri baland yaxshi odamlar.

Xurshid Karim

Yaqinlarimizga jõnatamiz .
735 viewsMushtariybonu_official_777, 03:09
Ochish/sharhlash
2022-06-04 20:59:08
#sheriyat_time
#faxrimnavouz

,, Odamlarga faqat ishi tushsa kerakmiz "


Bazan bilinmas xato kamchilik,
Insonni qiynaydi faqat yo‘qchilik.
Gohida balantdir dimoq tôqchilik,
Odamlarga ishi tushsa kerakmiz...

Kezi kelsa dôst ulfating kechadi,
Yolg‘onlarda qasamlarni ichadi.
Sevganing jim indamay ketadi,
Odamlarga ishi tushsa kerakmiz...

Izlamagin yalinmagin bas yetar,
Bu kunlarini hammasi ôtib ketar.
Yaralar ham kezi kelganda bitar,
Odamlarga ishi tushsa kerakmiz...

Bazida suratlar dilimga hamroh,
Yaqin deb bilganim aslida yiroq.
Insonlar dardidan qalbimda titroq,
Odamlarga ishi tushsa kerakmiz...

Soddada bilmaydi deysiz jim,
Gohida sizlardan keladi kechgim.
Yuragimga taskin bulolmas hechkim,
Odamlarga ishi tushsa kerakmiz...


Juda chiroyli ijod na'munasi muallifiga rahmat haqiqatni yozibdi .


@faxrimnavo
@mushtariybonu_official_777
785 viewsMushtariybonu_official_777, 17:59
Ochish/sharhlash
2022-05-31 22:41:15
#1_iyun
#bolalar_kuni

,, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni " .

Bolalarga bering dunyoni
881 viewsMushtariybonu_official_777, 19:41
Ochish/sharhlash
2022-05-13 01:51:18
#juma_muborak

Assalomu alaykum men uchun qadrli bõlgan insonim juma ayyomi muborak bõlsin.

Sizni Alloh uchun yaxshi kõraman.
1.4K viewsMushtariybonu_official_777, 22:51
Ochish/sharhlash
2022-05-10 21:18:29 #konkurs_2_mavsum
#a_kompany_yoshlari
#ijodkorlar_time

Assalomu àlaykum aziz yoshlar .

Sizlarga juda katta yangilik

,, A " Kompany iqtidorli va iste'dodli yoshlar klubi tashkilotchilaridan yangi tanlovimizning 2 - mavsumida qatnashing .

Yangi konkurs tanlovimizni 2 - mavsumini boshladik .

Siz ijodkormisiz ,siz talantlimisiz unda ayni sizbop konkurs .

Bizning yônalishlar :

1 - Honandalik
2 - Sozandalik
3- Rassomlik
4 - Chevarchilik
5 - Raqs
6- Aktyorlik
7- She'riyat .

Ushbu yônalishlar bôyicha ôz ijod na'munangizni video rôlik , audio , rasm , va boshqa kôrinishlarda olib bizga jonating biz esa uni ôz kanalimizga joylaymiz .

G'oliblar like orqali aniqlanadi .

Konkursimizda qanday qilib qatnashish mumkin ?

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi
Telegram :@a_kompany_official Instagram :@a_kompany_official kanallarimizga obuna bôlasiz va ôz ijod na'munangizni bizga yuborasiz .

G'olib pul mukofotini qôlga kiritadi . ( Pul mukofoti sir )

Ijod na'munalaringizni 20- mayga qadar @mushtariybonu_official_777 prôfiliga jônatishingiz mumkin .

Video rôliklaringizni qanchalik erta jônatsangiz like belgisi shunchalik kôpayadi .


Qani ôylanmasdan kônkursda qatnashing hecham afsuslanmaysiz .
1.4K viewsMushtariybonu_official_777, 18:18
Ochish/sharhlash