Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (RASMIY)

Telegram kanalining logotibi oliy_talim_vazirligi — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (RASMIY) O
Telegram kanalining logotibi oliy_talim_vazirligi — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (RASMIY)
Kanal manzili: @oliy_talim_vazirligi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.24K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yangiliklari
📞 1006
Каналимиз:
https://t.me/ j9HGVX4GvTQ4MjEy
Реклама учун: https://t.me/ 7ABLh4WzqHVjMmM6
Факат реклама йузасидан.
Фикр алмашиниш учун гурух:
https://t.me/Oliy_Talimda_Fikrlar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:24:35
Талабалик бахтига муйассар булганлар борми 2022 да
Anonymous Quiz
62%
Ха
38%
Йук афсуски
186 voters836 views18:24
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:13:08 Oliy Ta'lim Vazirligi ️ (Rasmiy) pinned a photo
18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:12:09
Мандат эълон қилинди

Бакалавриатга кириш имтиҳонлари натижалари чиқди. Натижаларни 4 хил усулда масофадан, бепул билиш мумкин.

my.dtm.uz сайти орқали;

mandat.dtm.uz сайти орқали;

Абитуриент рухсатномасидаги QR-кодни сканерлар орқали;

Қуйидаги Telegram-ботларга абитуриентнинг ID-рақамини юбориш орқали:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

T.me/Oliy_Talim_Vazirligi
1.7K viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:11:30
Мандат эълон қилинди
Б
арча йакинларга улашинг
T.me/Oliy_Talim_Vazirligi
825 views18:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:45:42 #Akademik_litsey
#Izoh

Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.1K viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:45:41
#Akademik_litsey

Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
940 viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:15:31
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.1K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2022-08-23 07:23:51
#Magistratura_2022

Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

davlat stipendiantlari — 296 ta;

kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.4K viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash
2022-08-22 21:10:39
Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so‘nggi imkoniyat

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.1K viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:35:41 mandat.dtm.uz saytida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 80 182 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 80 182 nafar talabgorning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Telegram| Facebook| Instagram |
1.2K viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash