Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

Telegram kanalining logotibi nuu_students — O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar O
Telegram kanalining logotibi nuu_students — O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Kanal manzili: @nuu_students
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.24K
Kanalning ta’rifi

⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.
Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.
📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-08 08:57:15 Bugungi juma va arafa kuni barchangizga muborak boʻlsin. Yana bir hayit ayyomiga yetkazganiga shukr.

@NUU_students
1.6K viewsOybek Jo‘rayev, 05:57
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:44:53
Menimcha 208-xonadagilar shunday ishlashadi))

@NUU_students
2.6K viewsOybek Jo‘rayev, 06:44
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:23:37
Joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga to‘ldirish uchun beriladigan javoblar varaqasi.

@NUU_students
3.0K viewsOybek Jo‘rayev, 06:23
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:49:07 #abituriyentlarga

Abituriyentlarga test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati boʻlsa va oʻsha fan uchun test sinovidan ozod qilingan boʻlsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi boʻlsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yoʻnalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

@NUU_students
2.3K viewsOybek Jo‘rayev, 03:49
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:58:16
Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.

Ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
2.5K viewsOybek Jo‘rayev, 05:58
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:38:42
Talabalar hayotini aks ettiruvchi jurnal faoliyat boshladi.

Respublikamiz miqyosida aynan talabalar auditoriyasiga mo‘ljallangan davriy bosma nashr — “O‘zbekiston talabasi” jurnalining ilk soni chop etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy, ommabop-uslubiy metodik yo‘nalishdagi mazkur jurnal o‘z sahifalarida talabalar hayoti bilan bog‘liq mavzularni kreativ yondashgan holda keng yoritib borishni maqsad qilgan.

Shu bois ushbu jurnalni o‘qishni tavsiya etamiz.

Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasi. Aloqa uchun: +998910777575, +998946870781

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
2.6K viewsOybek Jo‘rayev, 13:38
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:16:34
Муфтий ҳазрат Қорақалпоқ элига тинчлик-осойишталик сўраб, Каъбаи муаззама олдида дуо қилдилар

Muslim.uz
#Ҳаж2022
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
2.4K viewsOybek Jo‘rayev, 16:16
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:00:57 #qabul2022

Maqsadli qabul parametrlari

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti:

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun — yuklab olish;
Xalq ta’limi sohasi uchun — yuklab olish;
Veterinariya sohasi uchun — yuklab olish;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi uchun — yuklab olish.

Davlat test markazi

@NUU_students
2.5K viewsOybek Jo‘rayev, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-03 11:07:15 #qabul2022

Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.

Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi

@NUU_students
2.5K viewsOybek Jo‘rayev, 08:07
Ochish/sharhlash
2022-07-02 21:41:37 #Qabul2022

Imtiyozga ega abituriyentlar diqqatiga!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz my.dtm.uz saytida vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi (chet tili sertifikatidan tashqari).

Bunda imtiyozga ega abituriyentlar o‘ziga tegishli imtiyoz ma’lumotlarini my.dtm.uz saytining “Mening imtiyozlarim” bo‘limida ko‘rishi va tekshirishi mumkin.

Agar “Mening imtiyozlarim” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.

Shu sababli imtiyozga ega abituriyentlardan o‘z imtiyozlarini tekshirishlarini va imtiyoz mavjud bo‘lmasa, uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi

@NUU_students
2.6K viewsOybek Jo‘rayev, 18:41
Ochish/sharhlash