Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

Telegram kanalining logotibi nuu_students — O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar O
Telegram kanalining logotibi nuu_students — O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Kanal manzili: @nuu_students
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.24K
Kanalning ta’rifi

⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.
Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.
📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 19:17:27
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar va matematika fakultetlari binosi

Oʻtgan oʻquv yilgi statistikaga koʻra, AMIT fakultetida kunduzgi taʼlimda 1203 nafar, kechki taʼlimda 426 nafar, sirtqi taʼlimda 403 nafar va magistraturada 134 nafar talaba tahsil oladi.

Matematika fakulteti esa koʻplab olimpiada gʻoliblarini yetishtirib chiqargani va kuchli professor-oʻqituvchilari bilan mashhur.

Ushbu ikki fakultet bir binoda (rasmdagi) joylashgan. 2020-2021-oʻquv yiliga qadar ushbu 2 fakultet bitta (Matematika fakulteti tarkibida) edi. Fakultetlar binosi shundoqqina rektorat binosining yonginasida joylashgan.

@NUU_students
2.0K viewsOybek Joʻrayev, edited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:41:33
1-kursga qabul qilingan talabalarni universitet bilan yaqindan tanishtiramiz.

Rasmda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorati binosi. Koʻplab abituriyentlar kelmasidan oldin ushbu binoda oʻqiyman deb oʻylaydi. Afsuski, bu binoda oʻqilmaydi. Bu haqida hazil ham tayyorlagan edik.

Ushbu binoda universitet hayotiga oid koʻplab buyruq, nizom, qaror va hokazolar ishlab chiqiladi. Shuningdek, bu bino ichki qismida kutubxona ham mavjud.

@NUU_students
2.3K viewsOybek Joʻrayev, 15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:34:21 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan:

- 39 962 nafari — davlat granti;
- 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

- Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

- davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

@NUU_students
2.8K viewsOybek Joʻrayev, 09:34
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:27:12 Oʻzbekiston Milliy universitetiga ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan abiturientlarning natijalari eʼlon qilindi. Batafsil: https://nuu.uz/2022-2023-oquv-yili-uchun-ikkinchi-va-undan-keyingi-oliy-talimga-suhbat-imtihon-topshirgan-abituyentlarning…
3.0K viewsOybek Joʻrayev, 08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:35:25 Sirtqi, masofaviy, ikkinchi mutaxassislik haqida Universitetimizning sirtqi va kechki taʼlim shakliga qabul qilingan koʻplab talabalar murojaatida “Bizga oʻqish qachon boshlanadi?” kabi savol mavjud. 5-sentabrdan har bir fakultetda 1-kursga qabul qilingan…
2.9K viewsOybek Joʻrayev, 07:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:24:21 Sirtqi, masofaviy, ikkinchi mutaxassislik haqida

Universitetimizning sirtqi va kechki taʼlim shakliga qabul qilingan koʻplab talabalar murojaatida “Bizga oʻqish qachon boshlanadi?” kabi savol mavjud.

5-sentabrdan har bir fakultetda 1-kursga qabul qilingan talabalardan hujjatlar qabuli boshlanadi. Hujjatlaringizni topshirganingizdan keyin sizga qachon oʻqish boʻlishi haqida batafsil maʼlumot berishadi.

Sirtqi va masofaviyga kirgan talabalardan kelgan ajoyib savollardan yana biri: “O‘zlari telefon qilib chaqirishadimi?”. Bu savolda toʻgʻrisi mantiq yoʻq. Sababi, siz masofaviy yoki sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinasiz. Ya’ni ular sizning oʻqish yoki oʻqimasligingizni bilmaydi. Avvalo hujjat topshirgani borganingizda rektor nomiga talabalar safiga qoʻshilish haqida ariza yozasiz. Bu sizning oʻqishga qabul qilinishiningizga rozilik berishingizdir. Undan keyin telefon qilish chaqirishlari mumkin :)

Ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari hozircha eʼlon qilinmadi. Natijalar eʼlon qilinsa, albatta sizlarga maʼlum qilamiz.

@NUU_students
2.9K viewsOybek Joʻrayev, 07:24
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:39:04
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabalari guruhiga ushbu fakultet talabalarini taklif qilamiz.

Guruh linki: @amit_talabalari

@NUU_students
1.1K viewsOybek Jo‘rayev, 09:39
Ochish/sharhlash
2022-07-08 11:25:00 O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari uchun tavsiya !

@UZMU_XFF kanali.

- Ta'limga oid yangiliklar;
- Universitetimiz va Xorijiy filologiya fakultetidagi bo'layotgan jarayonlar;
- Talabalar uchun tavsiyalar;
- Turli xil qiziqarli loyihalar hamda tanlovlar;
- Chat orqali fikr almashish va suhbat qurish imkoniyati.


Obuna bo'ling
1.3K viewsOybek Jo‘rayev, edited  08:25
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:03:11
#hazil

— Eshmat eshitdingmi Kross Milliy universitetda ishlayapti ekan.

— Yoʻq eshitmadim.

— Mana qara.

@NUU_students
1.7K viewsOybek Jo‘rayev, 07:03
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:51:39
Talabasi fanlardan eng koʻp qarzdor (eng koʻp talaba yiqitgan) fakultetlar TOP-3 taligi bilan tanishing

3-o‘rin: Xorijiy filologiya fakulteti
2-o‘rin: Kimyo fakulteti
1-o‘rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

@NUU_students
2.4K viewsOybek Jo‘rayev, 06:51
Ochish/sharhlash