Get Mystery Box with random crypto!

Koʻzimning nuri

Telegram kanalining logotibi nuri_kozimning — Koʻzimning nuri K
Telegram kanalining logotibi nuri_kozimning — Koʻzimning nuri
Kanal manzili: @nuri_kozimning
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Men bandamning men haqimdagi gumonidaman. Hadisi qudsiy
Oʻzim "eng yaxshi" deb topganlarimni jamladim. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman😊

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-10 10:11:33 “Yaxshiyam seni uchratdim”
1-QISM.


2017-yilning noyabr oyi edi. Kunlar salqin. Havo ba’zan bulutli, ba’zan esa quyosh g‘amgin insonni eslatadigandek o‘z nurlarini bulutlar ortidan asta olamga sochayotgandi. Ko‘chalar gavjum, odamlar shoshgancha o‘z tashvishlari bilan e’tiborsizgina tez-tez yurib borardilar. Kiyimlaridan Toshkentga qish fasli kelayotgani bilinib turardi.

Umar kollejning so‘nggi bosqichi — uchinchi kursda o‘qir edi. So‘ngsiz umidlar, oxiri yo‘q orzular qilish bilan o‘tardi har kuni. O‘n yetti yoshda bo‘lsada, hech qanday g‘ami yo‘q, dunyo tashvishlaridan bexabar, sho‘x va bearmon tabassum qiladigan yosh bola yashardi uning ichida. Umar kim bilan tanishmasin, albatta, u insonlarning xotirasida o‘zidan yaxshi nom qoldira olardi. Hammaning yillar o‘tgach, ortga boqib, esalaydigan kulgili, beg‘ubor va hech unutilmaydigan go‘zal onlari muhrlangan xotira daftarining eng oldi sahifalarida bo‘lishni xohlardi. Dunyoning ishlaridan charchab, qalbga g‘amginlik cho‘kkan kezlarda odamlar Umar bilan birga o‘tgan paytlarini eslab, yuzlariga benihoya tabassum yugurishini istardi. Shunchaki yashay olmasdi, kunlarni behuda o‘tkazishdan qo‘rqardi. Har bir kunini esda qolarli voqealarga boy o‘tishiga intilib yashardi.

Hamma narsa o‘zgarayotgan edi. Toshkent ham, odamlar ham, zamon ham kundan-kunga o‘zgarib borayotgandi. Faqatgina o‘lim o‘sha-o‘sha, o‘zgarmagan edi. Inson qanchalik bilmaslikka olsa ham, o‘zini o‘limga nisbatan e’tiborsiz tutishga harakat qilsa ham u baribir bir kun keladi. Hech kimdan so‘ramay, ogohlantirmay, ko‘ngliga qaramay va yaqinlarining ko‘z yoshlariga e’tibor qilmay keladi-yu, o‘zi istaganini oladi. Muhimi, ketishga barcha tayyormi?

*

Kun allaqchon botgan. Tun qorong‘usi hamma yerni qoplagan. Oyning yuzini bulutlar to‘sgan kecha, salqin shamol esyapti... Umar har doimgidek xufton namozini ado etdi-yu, biroz charchagan shekil, o‘z xonasiga kirib, boshini yostiqqa qo‘ygancha tezda uyquga ketdi. Chamasi, soat tungi 3 larda kimdir tashqarida, Umar uxlayotgan xonaning eshigiga yaqin joyda juda ham past ovozda gaplashyapti. Aslida, tunning bu vatida odam kuchli uyquda bo‘ladi, ba’zilar hatto yer qimirlasa, sezmaydi. Lekin Umar tashqarida bo‘layotgan past ovozdagi suhbatni ham juda yaxshi eshitayotgan edi. U ovozlar kimniki ekanini angladi. Kelinoyisi Umarning onasiga shunday deyotgandi: — “Shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilishdi. Aytishlaricha, Mahmudbeyning ko‘pi bilan tonggacha umrlari qolibdi...” Umarning qulog‘iga boshqa so‘zlar kirmadi... Bir necha kun avval Umarning otasi uncha jiddiy bo‘lmagan operatsiyani boshidan o‘tkazgan edi. Oilasi bilan intizor kutishayotgandi shifoxonadan chiqishini...

Mana, Umar hozir amakisining mashinasida onasi, aka va ukasi bilan tun qo‘ynida, qalbida sokinlik va xotirjamlik bilan shirin uyquda uxlayotgan odamlarning chirog‘i o‘chiq uylari, baland-baland binolar va ularning mashinasidan boshqa hech qanday mashina bo‘lmagan bo‘sh ko‘chalar ichra shifoxona tomon ketishyapti. Umar ich-ichidan otasi yashashini istab Allohga yolvorardi. Pichirlagancha tinmay otasi uchun umr so‘rardi Allohdan. So‘ngra qalbiga qandaydir xotirjamlik cho‘kdi. Xuddi hozir otasining oldiga boradi-yu, uning baquvvat qo‘llaridan ushlab, pechonasidan o‘psa, hammasi ortda qolib, otasi sog‘ayib ketadigandek edi.
1 view07:11
Ochish/sharhlash
2023-03-10 08:59:37 Hazrati Umar

Kecha Hakim At-Termiziy r.h. ziyoratgohlariga borgandik.
Endi chiqayotsak, ko'rinishidan chet ellik bir oila kelyapti.
Istarasi issiqligidan suhbatlashgim keldi.

Ismlari Umar, Londondan ekan. IELTS examiner bo'lib ishlayman dedi. 4-5 yildan beri O'zbekistonda yashar ekan.

U bilan qaytib yana ziyoratga kirdik.
Tilovat va duolardan keyin bu Zot haqida menga aytib bering dedi. ALLOHim qodir qilguncha so'zlab berdim. Ta'sirlanib eshitdi. O'zi ahli tasavvuflarga juda muhabbatli ekan. Keyin uzoq duo qildi.

- O'zbekiston yoqdimi? - deb so'radim.
- Judayam. Bu joy ishlashga ham, yashashga ham qulay. Odamlari juda mehribon.


In shaa ALLOH uyimizga oilaviy mehmon bo'lib kelasiz. - dedim.
Raqam almashdik. Hazrati Umar r.z. dek martabangiz ulug' bo'lsin deb Hazrati Umar deb saqlab qo'ysam, u ham kaminani Hazrati Mohammed Ali deya yozib qo'yibdi.

Uhuvvat - yetti yot insonlarni muqaddas qadriyatlar ustida birlashtirgan, bir-biriga muhabbatli qiladigan aka-ukachilik bor bo'lsin.

@Muhammadali_Eshonqulov
2 views05:59
Ochish/sharhlash
2023-03-10 08:58:08 Shaxsiy rivojlanishning bosqichlari:

Tana.
organizm uchun kerakli suvni kun davomida ichish
to'gri ovqatlanish
toza havoda sayr
sport bilan shug'ullanish
yuz qo'l parvarishi
uyquni to'g'ri taqsimlash
gigiyenaga rioya qilish
taym menejment ya'ni vaqtni to'g'ri boshqarish
vaqtida vrachlar ko'rigida bo'lish
o'z imidjini topish
va eng asosiysi
stressdan qochish

Emotsiyalarimizni to'g'ri boshqarish.
Qalb uchun doim munosabatlar joyida bo'lishi kerak. Har bir inson munosabatlari yaxshi bo'lishi uchun harakat qilishi lozim.

Men -men
Men - dadam
Men - onam
Men- turmush o'rtog'im
Men - qizim...
Men - og'lim...
........
........qarindoshlarim
.........do'stlarim
.........ishxonamdagilar va hokazo
Har bir munosabatga baho qo'yib chiqasiz va qaysini past baholasangiz, o'shanga ko'proq e'tibor berasiz. Ya'ni munosabatlarni yaxshilashga harakat qilasiz.

Muomala.
So'z boyligini oshirish
Chiroyli gapirish
Qisqa gapirishdan voz kechish
Imkon qadar yumshoq gapirish
Odob-axloq , tarbiyaga e'tiborli bo'lish
xarakter va odatlarini to'girlash

Intellektual resurs. Aql va ong uchun.

O'z ustida ishlash
Yangi bilimlarga ega bo'lishga intilish
Ijobiy fikrlash, salbiy fikrlashdan uzoqroq yurish
Ko'p kitob o'qish va tafakkurni rivojlantirish
Ustanovkalar bilan ishlash

Diniy e'tiqod.
Qat'iy ishonch Allohga va uning yagonaligiga
Uning buyurganlariga amal qilish
Doim pok yurish (tahoratda bo'lish)
Doimiy istig'for va zikrda bo'lish
  Diniy kitoblar o'qib turish
Allohni shaksiz va shartsiz sevish
Allohning maxluqotlariga ham mehrda bo'lish

Professional hayot.
Kasb tanlash, kasbiy mahorat, kasbdan zavqlanish va bu kasbdan mashhurliklar, kasbdagi bilim va tajriba ham kasbiy hayotni tashkil qiladi.

Moliya.

Tushumlar , chiqimlar , qarz munosabatlari, ta'minlanganlik darajasini baholash, moliyaviy savodxonlikka rioya qilish o'z moliyasini to'gri boshqarishga kiradi.

Yorqin hayot.
Haoyotdan minnatdorchilik hissi. Shukronalik....... quvonch , baxtni his qilish. Yangi tajribalar orttirish.
''O'zgaramiz kitoblar bilan'' marafoniga doimiy qatnashib turish.

@nega_ozgardim
2 views05:58
Ochish/sharhlash