Get Mystery Box with random crypto!

Hazrati Umar Kecha Hakim At-Termiziy r.h. ziyoratgohlariga bo | Koʻzimning nuri

Hazrati Umar

Kecha Hakim At-Termiziy r.h. ziyoratgohlariga borgandik.
Endi chiqayotsak, ko'rinishidan chet ellik bir oila kelyapti.
Istarasi issiqligidan suhbatlashgim keldi.

Ismlari Umar, Londondan ekan. IELTS examiner bo'lib ishlayman dedi. 4-5 yildan beri O'zbekistonda yashar ekan.

U bilan qaytib yana ziyoratga kirdik.
Tilovat va duolardan keyin bu Zot haqida menga aytib bering dedi. ALLOHim qodir qilguncha so'zlab berdim. Ta'sirlanib eshitdi. O'zi ahli tasavvuflarga juda muhabbatli ekan. Keyin uzoq duo qildi.

- O'zbekiston yoqdimi? - deb so'radim.
- Judayam. Bu joy ishlashga ham, yashashga ham qulay. Odamlari juda mehribon.


In shaa ALLOH uyimizga oilaviy mehmon bo'lib kelasiz. - dedim.
Raqam almashdik. Hazrati Umar r.z. dek martabangiz ulug' bo'lsin deb Hazrati Umar deb saqlab qo'ysam, u ham kaminani Hazrati Mohammed Ali deya yozib qo'yibdi.

Uhuvvat - yetti yot insonlarni muqaddas qadriyatlar ustida birlashtirgan, bir-biriga muhabbatli qiladigan aka-ukachilik bor bo'lsin.

@Muhammadali_Eshonqulov