Get Mystery Box with random crypto!

Har ne kelsa boshga, savobga yo‘ydim, Yaxshilikka dedim kelgan | Nurafshon

Har ne kelsa boshga, savobga yo‘ydim,
Yaxshilikka dedim kelganda g‘amlar.
Sizlarni Xudoga topshirib qo‘ydim,
Ko‘zlarim yoshini to‘kkan odamlar.

Mehr deb qo‘l cho‘zsam, minnat tutqazdi,
Oqibat so‘rasam, zahmat tutqazdi,
Yuragim qabrini tuhmatlar qazdi,
Jonimni chokidan so‘kkan odamlar.

Qo‘shig‘im munglidir, qo‘shig‘im xasta,
Qo‘limda gul emas, armon bir dasta,
Hatto labingizda tabassum soxta,
Mening hasratimga cho‘kkan odamlar.

Siz xavotir bo‘lmang, umrim bir hovuch,
O‘zi arang topdim yashamoqqa kuch.
Siz mening ko‘nglimga boqqanmisiz hech,
Qalbimning qaddini bukkan odamlar.



Ko'rish, Ko'chirish

Telegram.me/Shoxrux_Piskent