Get Mystery Box with random crypto!

Sharob ichmakka top mavriding Axir onang olardi darding Dardla | Nurafshon

Sharob ichmakka top mavriding
Axir onang olardi darding
Dardlaringni unutib qòyma
Onangchalik kim bilar qadring

Yelib- chopib boylik ketidan
Saroblarga sen kòngil qòyma
Ajratib ol dòstni yotidan
Sen ularni onangdek suyma

Òylamay tiz chòk onang poyiga
Oyoģin òp, kòz yosh ila art
Qarzin uzib qòygan joyiga
Topilmagan hali biror mard

Yomon bòlsang ham mijja qoqmay
Qayģuradi jonim bolam deb
Erkalasa bu senga yoqmay
Yuraverma dunyo ģamin yeb

Boshingga-ku kòtarolmaysan
Loaqal bir kònglini sòra
Ertaga sen qaytarolmaysan
Afsus qilib yurgandan kòra

Unutadi butun tashvishin
Bir kungina xursand qilolsang
Baģishlagan senga yoz-qishin
Qani edi buni bilolsang

Men haqimda òylama mayli
Desa hamki, seni òylaydi
Òylama shu hayotning zayli
Òylov bilan kòngil tòlmaydi

Tiriklikda baxtimsiz degin
Sizsiz oyu-quyosh ham nursiz
Onam toju-taxtimsiz degin
Yullarimni yoritgan nur-siz...



Ko'rish, Ko'chirish

Telegram.me/Shoxrux_Piskent