Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 37

2021-06-04 09:36:21
Nimaga Eynshteyn tilini chiqarib suratga tushgan?

Chunki u g'azablangan edi. Ushbu fotosurat 1951-yil 14-martda Prinstonda olingan. Jurnalistlar Eynshteynni qo'yib yubormadilar va undan qayta-qayta suratga tushishni iltimos qilishdi va allaqachon charchagan taniqli fizik g'azablanib, ularga tilini chiqardi. Bu lahzani Artur Sass ismli fotograf suratga tushirishga ulgurib qolgan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
23.9K views06:36
Ochish/sharhlash
2021-06-03 07:06:22
Nimaga tomchilar shar shaklida bo'ladi?

Kichik tomchilar dumaloq shaklda bo'ladi, chunki ular sirt taranglik kuchi ta'sirida shunday shaklni egallaydilar. Ammo kattaroq tomchilar cho'zilgan shaklga ega bo'ladi, chunki ular og'ir va sirt taranglik kuchi ularni endi shar shaklida ushlab turolmaydi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
25.8K views04:06
Ochish/sharhlash
2021-06-02 17:03:14
Nimaga qo'l berib so'rashganimizda bizni tok uradi?

— Inson tabiatdan zaryad to'play olish qobiliyatiga ega. Zaryadlangan odam boshqa bir zaryadlangan odamga qo'l tekkazishi bilanoq ularni tok uradi.

Bu holat, ayniqsa qishda, hamma issiq jun kiyimlarni kiyganida ko'proq yuz beradi. Chunki qishda havo quruqroq bo'ladi va bu zaryadlarning yaxshiroq to'planishiga yordam beradi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
26.1K views14:03
Ochish/sharhlash
2021-06-02 15:08:21
Nimaga kanareykalarni shaxtalarda olib yurishadi?

Chunki kanareyka organizmi zaharli gazlarga juda sezgir bo'ladi. Qush gaz hidini sezishi bilanoq bezovtalanib, signalizatsiya kabi sayrashni boshlaydi. Bu usulni, shaxtyorlarning gazdan zaharlanishini oldini olish maqsadida qo'llashadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
23.5K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-06-02 14:08:33
Boylar qanday kuladi? Kambag‘allarchi?

P.s. Maza qilib kuling

Sariq mikrofon | 6-SON

VIDEO



@sariq_mikrofon
22.5K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-06-02 10:54:30
Nimaga ho'l kiyimni yechish qiyin bo'ladi?

Chunki nam mato havoning yaxshi o'tishiga yo'l qo'ymaydi - bu xuddi so'rg'ichni yulib olishga o'xshaydi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
22.5K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2021-06-01 19:18:10
Nimaga togʻ pistasi juda qimmat?

— Chunki uni yetishtirish juda murakkab jarayondir. Yangi ekilgan nihol 7-10 yilda hosilga kiradi va bir tup daraxtdan 20 kilogramgacha hosil yigʻib olinadi, xolos. Baʼzi davlatlarda togʻ pistasi qoʻlda terib olinadi va tozalanadi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
24.3K views16:18
Ochish/sharhlash
2021-06-01 18:00:16
Nimaga ilonlar qovoqlarini qoqmaydilar?

— Bu savolga koʻpchilik ilonlarning qovoqlari mavjud emas, shuning uchun qovoq qoqishmaydi deb javob beradi. Lekin bu xato. Ilonlarning qovoqlari bor. Faqat ular shaffof. Shuning uchun ham ular qovoqlarini qoqqanlarida bu jarayon bizga bilinmaydi.

@NIMAGA – kanalini kuzatib boring!
23.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-31 07:23:02
Nimaga lab terisi boshqa teri qavatlaridan toʻqroq rangda?

— Chunki lablarning teri qavatlari boshqa teri qavatlaridan koʻra yupqaroq boʻlganligi uchun, shaffoflik xususiyatiga ham ega. Uning ostidagi goʻsht va qondan iborat qism yupqa teri ostidan koʻrinib turadi. Shuning uchun ham lab terisi boshqa teridan toʻqroq rangda.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
28.3K views04:23
Ochish/sharhlash
2021-05-29 16:03:04
Nimaga ko'zlar hayratdan kattalashadi?

Ajablanadigan mimika Yerdagi barcha odamlarda o'xshashdir. Bu odatiy bir narsa bo'lib, kimningdir to'satdan paydo bo'lishi, kutilmagan xatti-harakatlar va hokazolar natijasida yuzaga keladi. Vaqt o'tishi bilan bu tug'ma reaktsiyaga aylandi. Ajablanganda og'iz ham ko'zlar bilan bir qatorda beixtiyor ochiladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.2K views13:03
Ochish/sharhlash