Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 33

2021-06-29 14:00:08
Nimaga reklamadagi soatlar ko'pincha 10:10 vaqtini ko'rsatadi

— Soat 10:10 vaqtini ko'rsatishining asosiy sababi sotuvchilarning ajoyib psixologik nayrangidir. Bu vaqtda soat xuddi tabassum qilganga o'xshaydi, go'yo sotib olishingizni xohlayotgandek.

— Agar soat 16:40 ni ko'rsatadigan bo'lsa bu vaqtda xafalik belgisi paydo bo'ladi. Bunaqa ko'rinishdagi soatlar ko'pincha jaxldor odamlarga xush yoqadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring
17.4K viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2021-06-29 09:08:19
Nimaga ko'z yoshlari va terlar sho'r?

— Ko'z yoshlarining maqsadi ko'zlarni namlashdir. Namlovchi suyuqlik namlanadigan to'qimalarning hujayralari bilan bir xil tuzga ega bo'lishi kerak, aks holda bu ularni bezovta qiladi.

— Terning asosiy vazifasi bug'lanish orqali tanani sovutishdir. Tuz eritmali suyuqlik molekulasi suvga qaraganda foydaliroq bo'ladi

— Ko'z yoshlar va ter tarkibida taxminan 0,9% tuz bor.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring
17.1K views06:08
Ochish/sharhlash
2021-06-28 11:36:41
Nimaga parvozdan oldin gazli suv ichish tavsiya qilinmaydi?

— Gazli suv ichmaslikning yana bir sababi uning nomidan bilinib turibdi. Gazli suv ichkaningizda qo'shimcha miqdordagi gaz organizmga kiradi, samolyot ko'tariladi, bosim pasayadi va sizni organizmingizda esa bosim yuqori bo'ladi, qorningiz dam bo'ladi va uyog'ini o'zingiz bilasiz

P.s: Bu kabi noqulayliklarni oldini olish uchun ushbu tavsiyalarga rioya qilmoq kerak!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
19.0K views08:36
Ochish/sharhlash
2021-06-27 18:29:02
Nimaga tishlarni oqartirish protsedurasi xavfli hisoblanadi?

Oqartirish protsedurasi juda ta'sirli kontrendikatsiyalar ro'yxatiga ega ekanligini juda kam odam biladi. Ular orasida tish to'qimalarining yaxlitligiga har qanday zarar (emalning yorilishi va shikastlanishi, xanjar shaklidagi nuqsonlar, kariyer bo'shliqlari) kiradi. Shuni esda tutish kerakki, sayqallash paytida tish emali mo'rtlashadi, protseduradan keyin sezuvchanlik va bezovtalik ortadi.

Aytgancha, agar siz cheksangiz yoki hayotingizni qahvasiz, qizil sharobsiz tasavvur qila olmsangiz, har kuni tishlaringizni oqartirsangiz ham foydasi yo'q. Chunki baribir shu ishlar sababli, protsedura natijasi tezda yo'q bo'lib ketadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
19.9K views15:29
Ochish/sharhlash
2021-06-27 11:44:58
Nimaga Rossiyada aviahalokat paytida samolyotni tark etish vaqti 90 sekund etib belgilangan?

— Sababi, hosil bo'lgan alanga yoqilg'i bakiga yetib borishi uchun 90 sekund atrofida vaqt kerak bo'ladi. Olov yoqilg'i bakiga yetib borganda esa portlash yuz beradi. Ushbu 90 sekundni ichida yo'lovchilar zudlik bilan samolyotni tark etishlari kerak, aks holda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
18.7K views08:44
Ochish/sharhlash
2021-06-26 14:46:32
NIMAGA loyihasi videolarini Tik Tok tarmog'ida yuklab borishni boshladik!

P.S: Tomosha qilib "Layk" bosing

LINK Tik Tok Video

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
20.3K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2021-06-26 14:15:44
Nimaga ba'zi odamlar mast bo'lishganda ko'proq tajovuzkor bo'lishadi?

— Mastlik holatidagi tajovuzkor xatti-harakatlar, g'azablanish odamning miyasiga etil spirtining toksik ta'siri bilan bog'liq.

— Spirtli ichimliklar qon tomirlarini kengaytiradi, barcha to'qimalarga, asosan asabga faol ravishda kirib boradi.

— Boshqacha qilib aytganda, mast odam shunchaki aqldan ozadi. Hatto "alkogolli psixoz" kabi bir hodisa ham mavjud - bu holatda odam jinoyat sodir etishga qodir, buni keyinchalik eslamasligi ham mumkin.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
20.1K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2021-06-25 17:53:04
Nimaga miya charchaydi?

Miyaning funktsional birligi neyronlardir. Neyronlarning charchash xususiyati bor, bu neyrotransmitterlarning yetkazib berilishi tugashi bilan bog'liq. Ushbu moddalar bir neyrondan ikkinchisiga ma'lumot uzatishda ishtirok etadi. Uzoq vaqt davomida bir xildagi ish bilan shug'ullanganingizda, neyronlar soni kamayadi va shuning uchun odam charchaydi, kam e'tiborli bo'ladi.

Siz doimo dam olish uchun tanaffus qilishingiz va vositachilaringizning tiklanishiga imkon berishingiz kerak. Ish kuni davomida siz kamida 15 daqiqa tanaffus qilishingiz kerak. Agar siz aqliy faoliyat bilan shug'ullanadigan bo'lsangiz, dam olganda jismoniy harakat qiling.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
21.4K viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash
2021-06-25 16:52:57
To'y qilishga qancha pul ketadi?

Dabdabali to'yga kim aybdor?

Sariq mikrofon | 11-SON

VIDEO



@sariq_mikrofon
18.4K views13:52
Ochish/sharhlash
2021-06-25 15:51:52
Nimaga ba'zi telefonlarni quvvatlash uchun ko'p vaqt ketadi?

— Orqa fonda ishlaydigan ilovalar ko'p energiya sarf qiladi va telefon quvvatlanishini sekinlashtiradi. Bunday vaziyatda telefon juda qiziydi va quvvat olishi qiyinlashadi

— Telefonningizni o'chirib qo'ysangiz quvvat olish tezlashadi

— Ilovalarni o'z vaqtida o'chirib qo'yish bilan ham yaxshigina natijaga erishasiz

— Buzilgan yoki mos kelmaydigan quvvatlovchi qurulmalar ham quvvat olishga xalal beradi

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
19.5K viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash