Get Mystery Box with random crypto!

IT biznesmen va 3Ds Max bo'yicha xalqaro frilanser bilan suhba | Najot Ta'lim

IT biznesmen va 3Ds Max bo'yicha xalqaro frilanser bilan suhbat

«Najot Ta'lim» jamoasi o'z o'quvchilari uchun foydali bo'ladigan master-klasslarni o'tkazishda davom etadi. Bu gal Osmondagi bolalar loyihasining 1-son mehmoni, xalqaro frilanser va IT biznesmen Abdusattor Abdurahimov markazimizda mehmon bo'ladilar.

Spikerimiz bilan "Loyihalar boshqaruvi va investitsiya" mavzusida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan suhbatda startup'larni qanday boshlash, ularni rivojlantirish, qaysi sohalarga investitsiya kiritish va shu kabi boshqa IT-bizneslari haqidagi qiziqarli mavzularga to'xtalib o'tadi.

Ishonamizki, ushbu master-klass kelajakda katta loyihalar boshlash niyatida bo'lgan barcha yoshlarimizga manfaatli bo'ladi. Eslatib o'tamiz, ushbu suhbatda faqatgina markazimiz o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Master-klass 6-fevral kuni soat 14:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123