Get Mystery Box with random crypto!

SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlariga qabul bosh | Najot Ta'lim

SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlariga qabul boshlandi

Bosqichma-bosqich markazimizdagi o'quv dasturida yangilanishlar, o'zgarishlar bo'layotganligidan xabaringiz bor. Ya'ni bizdagi mavjud o'quv kurslariga kirish imtihoni orqali qabul qilishni boshladik. Bularning dastlabkisi, dasturlashning Foundation bosqichi uchun qo'llanilgan edi. Dekabr oyidan boshlab esa, SMM Pro kursi uchun ham o'quvchilarni kirish imtihoni bilan qabul qilish tizimini joriy qildik.

Albatta, bu harakatlar o'z mevasini berishiga ishonamiz. Ya'ni kirish imtihoni orqali saralab olingan o'quvchilar sohani tez o'zlashtirishadi va biz uchun ham ta'lim berish osonlashadi.

SMM va marketing sohalariga qiziquvchi insonlar uchun yaxshi yangiligimiz bor. Bizda SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlariga qabul boshlandi.

Kirish imtihonlari 13-fevral — yakshanba soat 10:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Yana bir muhim eslatma: SMM Pro kursi uchun kirish imtihonlarida nomzodlarning mantiq, tahlil, texnik bilimlar va xorijiy til bilish ko'nikmalari sinovlardan o'tkaziladi. Kirish imtihonlariga marhamat!
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123