Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim ijodiy jamoasidan yangi rubrika — 'Dizayn choyxon | Najot Ta'lim

Najot Ta'lim ijodiy jamoasidan yangi rubrika — "Dizayn choyxona"

Markazimizning grafik dizayn yo'nalishi ustozlaridan biri Jahongir Siddiqov muallifligida yangi — dizayn choyxona ko'rsatuviga qo'l urildi. Ko'rsatuv 1-sonida Jahongir G'ulomov va Quvonchbek Matchonovlar bilan hech qanday senzurasiz samimiy suhbat bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida ustozlarimiz dizayn sohasida biznes qilish, dizayner necha yoshgacha ishlashi mumkinligi, dizaynerlarning asosiy yutug'i va oylik daromadi kabi dolzarb mavzularda gaplashdilar. Suhbatda grafik dizayn kursini bitirganlar qanday ishga joylashishi borasida ham tavsiyalar berildi.

Ushbu suhbat dizayn sohasiga qiziqadigan barchaga foydali bo'libgina qolmay, kayfiyatingiz ko'tarilishiga ham sabab bo'ladi. Chunki, haqiqiy choyxonacha gaplar bo'ldi.

Premyera bugun — 3-fevral soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Choyxonaga o'taverasizlar:



Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123