Get Mystery Box with random crypto!

Bozor uchun qanday SMM mutaxassislari kerak? SMM. Bu soha hoz | Najot Ta'lim

Bozor uchun qanday SMM mutaxassislari kerak?

SMM. Bu soha hozirda "trend''dagi kasblardan biriga aylanib ulgurgandek go'yo. Aslida ham shundaymi? Yoki insonlarda ayrim qo'shtirnoq ichidagi "SMMshik''lar sabab shunday fikr shakllanib qoldimi? SMM bu nakrutka, reklama deganimi? Bozor o'zi qanday kadrlarga muhtoj?

Bugun markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov, SMM Pro kursi ustozlari Jahongir Mamatqodirov va Abduvosiq Abdumalikovlar bilan SMM olamidagi tendensiyalar haqida ochiq suhbat tashkil qilishga qaror qildik.

Suhbatda SMM bozoridagi holat, unga qanday kadrlar kerakligi, bu kasb bilan kelajakni bog'lash mumkinmi va shu kabi boshqa mavzularga alohida to'xtalib o'tiladi.

Ovozli suhbat bugun — 3-fevral soat 21:00 da bo'lib o'tadi. Sizni qiziqtirayotgan savollar bo'lsa, jonli efirning o'zida javob berishga harakat qilamiz.

Ovozli suhbatda qatnashish: https://t.me/najottalim?livestream

SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123