Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on. Insonlarning eng yaxshilari Qur'onni o'rganib, keyin | muzakkir_uzz

Qur'on.

Insonlarning eng yaxshilari Qur'onni o'rganib, keyin uni boshqalarga o'rgatadiganlar ekanligi hadisda aytilgan.

Qu'ron shu paytgacha ko'pchilikni ulug'lab kelgan:

Qur'onni yerga olib tushib, Jabroil alayhissalom farishtalarning eng sharaflisi bo'ldi.

Qur'on tushirilgan Muhammad alayhissalom butun payg'ambarlarning eng sharaflisi bo'ldilar.

Qur'on nozil qilingan Islom ummati jami ummatlar ichida eng sharaflisi bo'ldi.

Qur'onning insonlar uchun shifo va rahmat qilib yuborilganini isbotlovchi oyat: "Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilamiz" (Isro surasi, 82-oyat).

Ustozlarimiz doim Qur'on bilan birga bo'lganlarga xorlik yo'q, faqat azizlik bor, Qur'ondan uzoq bo'lganlarga esa azizlik yo'q, faqat xorlik bor deya ta'kidlashadi.

@muzakkir_uzz