Get Mystery Box with random crypto!

Ustozlar ko'p narsaga qodir! Avval yomon ko'rgan odamlarimga | muzakkir_uzz

Ustozlar ko'p narsaga qodir!

Avval yomon ko'rgan odamlarimga nisbatan ustozlarimning nasihatlaridan keyin mehrim orta boshladi, ularning haqqiga duo qilishni boshladim, hatto.

Avval meni ko'p qiynagan muammolarni ustozlarimning birgina maslahati bilan hal qildim.

Ota-onani yaxshi ko'rish, ularga itoat qilish va mehr berishning dinimizda nihoyatda muhimligini ham ustozlarimdan o'rgandim.

Gunoh qilgandan keyin tavba qilish kerakligini, Allohning mag'firatidan umid uzib bo'lmasligini ham ustozlarim uqtirishdi.

Bu dunyoda har nimaga erishgan taqdirimda ham hech kim emasligimni eslatib turadigan insonlar ham ustozlarimdir.

Kundan kunga ustozi yo'qning ustozi shayton bo'ladi degan gapning isbotini ko'ryapman.

@muzakkir_uzz