Get Mystery Box with random crypto!

Baroat kechasi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat | muzakkir_uzz

Baroat kechasi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayxi vasallam aytdilar:

"Alloh taolo sha'bonning o'n beshinchi kechasi dunyo osmoniga (O'zining sha'niga muvofiq) tushadi va Allohga shirk keltirgan va qalbida gina bor kishidan boshqa barchani mag'firat qiladi".

Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayxi vasallam aytdilar: "Alloh taolo sha'bonning o'n beshinchi kechasida rahmat nazari bilan qarab, shirk keltiruvchi va qalbida birorta musulmonga nisbatan gina-adovat saqlovchi kishilardan boshqa barcha maxluqlarni mag'firat qiladi".

Ato ibn Yasor rahmatullohi alayx:

"Qadr kechasidan keyin biror kecha sha'bonning o'n beshinchi kechasidan afzal emas" deganlar.

Baroat kechasida qilinishi kerak bo'lgan amallar:
1. Xufton va bomdod namozini jamoat bilan ado qilishga e'tibor berish;
2. Bu kechada ibodat qila olmasa ham, gunohlardan saqlanishga qattiq e'tibor qaratish;
3. Bu kechada tavba va istig'for aytishga e'tibor berib, har xil bid'atlardan saqlanish;
4. O'zi va barcha ummat uchun hayrli duolar qilish;
5. Toqati yetguncha zikrlar, nafllar, tilovati Qur'onlar qilish;
6. Imkon topgan kishi sha'bonning o'n beshinchi kuni ro'za tutishi;

Manba: Islom.uz

Bugun sha'bon oyining 14-kuni, ertaga esa 15-kuni. Baroat kechasidan foydalanib qolish uchun esa ertaga bomdodgacha vaqtimiz bor.

@muzakkir_uzz