Get Mystery Box with random crypto!

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan Yoshlar akademiyasi a’zo | Муҳрим

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan Yoshlar akademiyasi a’zolari o’rtasida “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko’rik tanlovi o’tkazildi va g’oliblar 90 mln so’mgacha bir martalik pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.

Bugun Innovatsiya vazirligida yil davomida o’z loyihalari bilan turli tanlovlarda ishtirok etgan Yoshlar akademiyasi a’zolari o’rtasida ko’rik tanlovda eng yaxshi loyihalar saralab olindi.

Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalarini yanada rivojlantirish, ularni moliyaviy qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlov g’oliblari 90 mln, 75 mln, 60 mln so’m pul mokofotiga sazovor bo’lishdi.

Yoshlarni ixtirochilikka, jamiyat hayotini yaxshilashga yordam beradigan loyihalarni yaratishga ruhlantirish uchun bunday tanlovlar albatta katta ro’l o’ynashi shubxasiz.

Reklama