Get Mystery Box with random crypto!

Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

Telegram kanalining logotibi mirobod_tuman_hokimligi — Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati M
Telegram kanalining logotibi mirobod_tuman_hokimligi — Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Kanal manzili: @mirobod_tuman_hokimligi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.30K
Kanalning ta’rifi

Мурожаат учун: mirobodt@umail.uz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-01-05 10:16:28



9 января на территорию Узбекистана со стороны Поволжья поступит холодная воздушная масса, сформировавшаяся в северных районах европейской части России.

С 9-11 января на большей части территории республики пройдут осадки (дождь, снег). В предгорьях и горных районах выпадет снег, местами сильный.

С 9-10 января ветер местами усилится до 15-20 м/с.

Аномально холодная погода ожидается в республике 10-15 января. Температура воздуха ночью 12-17 градусов мороза, днем 5-8 градусов мороза; на севере ночью опускается до 17-22 градусов мороза, местами на Устюрте и в пустынных районах до 25-27 градусов мороза, днем до 7-10 градусов мороза, на юге и в Ферганской долине ночью до 5-10 градусов мороза, днем до 2-5 градусов мороза.

#Узгидромет #ПрогнозПогоды

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
1.8K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-01-05 09:57:58
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

#uzgidromet #shoshilinch_axborot #prognoz #sovuq #yanvar #harorat

————————

ЭКСТРЕННАЯ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКАЯ ИНФОРМАЦИЯ

#узгидромет #экстренная_информация #прогноз #холодно #январь #температура
529 views06:57
Ochish/sharhlash
2023-01-05 09:35:50
Mirobod tumanida obodonlashtirish ishlari reja asosida davom etmoqda.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
575 views06:35
Ochish/sharhlash
2023-01-05 09:28:24
Mirobod tumanida obodonlashtirish ishlari reja asosida davom etmoqda

Bugun erta tongdan “Furqat” mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Shuhrat Pulatov ishtirokida yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalla raisi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘inda hokim tomonidan reja asosida tumandagi mahallada obodonlashtirish ishlari olib borilishi haqida mas'ullarga vazifalar hamda ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Ayni vaqtda mahalla aholisi, boshqaruv servis kompaniya xodimlari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylar atrofi, xiyobonlar supurilib, to‘planib qolgan chiqindilar bartaraf etilib mahalla hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
613 views06:28
Ochish/sharhlash
2023-01-05 05:12:57
Mirobod tumanida xotin-qizlar faollariga planshetlar topshirildi

Mirobod tumanida 39 nafar xotin-qizlar faollariga zamonaviy planshetlar topshirildi. Bu tumanda ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish jarayonini avtomatlashtirishda muhim qadamdir.

Xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari F.Madaminova muhtoj oila va xotin-qizlarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga maqsadli yordam berish, bunda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining xizmatiga to‘xtaldi.

Ushbu planshetlar xotin-qizlar faollariga mahallalarda “oilabay” tizimini yuritishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarni bazalarga kiritishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, tumanimiz mahallalari bo‘ylab xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish uchun mahallalardagi Ishchi guruhlar tomonidan har bir mahallada xatlov jarayonlari boshlanadi.

2022-yil 19-dekabr kuni “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi” kengaytirilgan yig‘ilishining 4-sonli bayoni topshiriqlariga asosan, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha 2023-yil 5-yanvardan boshlab 31 yanvarga qadar xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
2.0K views02:12
Ochish/sharhlash
2023-01-04 19:14:54
Хоким Мирабадского района дал поручения по ограничению продаж препаратов «Док-1 Макс» и «Амбронол»

В Мирабадском районе принимаются необходимые меры по охране здоровья населения, в частности, по недопущению использования препаратов "Док-1 Макс" и "Амбронол" производенные индийской компанией “Quramax Medical”.

В частности, хоким района Шухрат Пулатов дал поручения соответствующим структурам по предупреждению в махаллях случаев, связанных с продажей или потреблением препаратов "Док-1 Макс" и "Амбронол". Он призвал усилить разъяснительную и агитационную работу на местах.

На фоне инцидентов, вызванных приемом препаратов произведенных компанией “Quramax Medical”, хоким Мирабадского района призывает жителей нашего района не покупать и не принимать данные препараты.

Напоминаем, что продажа всех препаратов, ввозимых в нашу страну компанией “Quramax Medical” прекращена.

По результатам углубленного контроля качества препаратов «Док-1 Макс» и «Амбронол», проведенного лабораторией контроля качества и стандартизации лекарственных средств, установлено, что данные препараты не соответствуют содержанию, указанному в нормативных документах.

В некоторых сериях обнаружено, что вместо вещества пропиленгликоля или наряду с ним присутствуют вещества этиленгликоля и диэтиленгликоля.

Уважаемые жители Мирабадского района!

Убедительно просим Вас не покупать вышеуказанные препараты.

Если вы купили или они хранятся у вас дома, пожалуйста, не применяйте их.

Срочно сообщите об этом в круглосуточно действующий штаб Минздрава по номерам:
+ 998 (71) 203-27-77; +998 99-807-66-60

Отправьте это сообщение всем своим близким.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
686 views16:14
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:52:16
Toshkentda 1 iyuldan tibbiy sug‘urta joriy etiladi

Toshkent shahrida 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.

“Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, 2023 yildan boshlab, Davlat tibbiy sug‘urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz o‘zimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yamiz”, - degan vazir.

Buning uchun:

bir oy muddatda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi;

Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga 30 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi;

Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda:

tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi;

har bir bemor qachon, qaerda va qanday davolanishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
749 views14:52
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:39:47
Mirobod tumani hokimi mutasaddilarga “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” preparatlari sotuvini cheklash bo‘yicha topshiriq berdi

Mirobod tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan, xususan “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste’moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, tuman hokimi Shuhrat Pulatov tomonidan tumanda “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” preparatlarining sotilishi yoki iste’mol qilinishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmasligining oldini olish hamda mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olingan.

“Quramax Medical” kompaniyasining dori vositalari iste’moli oqibatida yuzaga kelgan hodisalar fonida Mirobod tumani hokimi tumanimiz aholisidan ushbu dori vositalarini sotib olmaslikka chaqiradi.

Hurmatli Mirobod tumani aholisi!

Shuni eslatib o‘tamizki, “Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to‘xtatilgan.

Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga ko‘ra, ushbu preparatlar normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan. Ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Agar siz ham ushbu dori vositasini sotib olgan bo‘lsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan bo‘lsa, uni zinhor qo‘llamaslikni va quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon: + 998 (71) 203-27-77; +998 99−807−66−60

Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga jo‘natishingizni so‘raymiz.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
683 views14:39
Ochish/sharhlash
2023-01-04 16:45:28
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanidagi Avliyo-Ota ko‘chasida noma’lum kishilar tomonidan yo‘lakchalar bo‘ylab chiqindilar uyumlari hosil etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, mazkur chiqindilar - qor va yog‘ aralashmasidan hosil bo‘lgan uyumlar bo‘lib, ayni vaqtda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Hududda obodonlashtirish xodimlari tozalash ishlarini olib bormoqdalar.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
326 views13:45
Ochish/sharhlash
2023-01-04 16:19:12
Mirobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni hal etish ishlarini aniqlab, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Toshkent shahar prokurori topshirig‘iga asosan tuzilgan ishchi gurux a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, belgilangan grafik asosida Mirobod tumani prokurori A.Axunov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tumanda joylashgan 125-sonli maktabda bo‘lib, mazkur ob’ektda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Pudratchi tashkilotga bugungi tekshiruv jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishlarni sifatli hamda zamon talabiga mos keladigan darajada bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Mirobod tumanidagi Boshqaruv Servis Kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi va ushbu yo‘nalishda ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
446 views13:19
Ochish/sharhlash