Get Mystery Box with random crypto!

Mirobod tumani hokimi mutasaddilarga “Dok-1 Maks” hamda “Ambro | Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

Mirobod tumani hokimi mutasaddilarga “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” preparatlari sotuvini cheklash bo‘yicha topshiriq berdi

Mirobod tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan, xususan “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste’moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, tuman hokimi Shuhrat Pulatov tomonidan tumanda “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” preparatlarining sotilishi yoki iste’mol qilinishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmasligining oldini olish hamda mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olingan.

“Quramax Medical” kompaniyasining dori vositalari iste’moli oqibatida yuzaga kelgan hodisalar fonida Mirobod tumani hokimi tumanimiz aholisidan ushbu dori vositalarini sotib olmaslikka chaqiradi.

Hurmatli Mirobod tumani aholisi!

Shuni eslatib o‘tamizki, “Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to‘xtatilgan.

Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga ko‘ra, ushbu preparatlar normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan. Ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Agar siz ham ushbu dori vositasini sotib olgan bo‘lsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan bo‘lsa, uni zinhor qo‘llamaslikni va quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon: + 998 (71) 203-27-77; +998 99−807−66−60

Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga jo‘natishingizni so‘raymiz.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|